O‘zA O`zbek

06.02.2020 Chop etish versiyasi

Ziyorat turizmi xizmatlari bo‘yicha yangi standart ishlab chiqildi

Ziyorat turizmi xizmatlari bo‘yicha yangi standart ishlab chiqildi

Islom davlatlari standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ning Turizm va unga bog‘liq masalalar bo‘yicha texnik qo‘mitasi (TS 5) tomonidan “OIC/SMIIC 9: 2019 Halol turizm bo‘yicha xizmatlar. Umumiy talablar” standarti ishlab chiqildi. 

Yangi standart musulmon sayyohlarga taqdim etiluvchi mahsulotlar va xizmatlarning islom qoidalariga muvofiq kelishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. OIC/SMIIC 9: 2019 standarti SMIICʼga a’zo davlatlarning umumiy standarti sifatida butun dunyo bo‘ylab halol turizm xizmatlarini (HTX) taklif qiluvchi turistik industriya sub’ektlari tomonidan keng qo‘llanilishi kutilmoqda. 

“Halol turizm xizmatlari” musulmon sayyohlariga taklif etiluvchi, islom qoidalariga muvofiq keluvchi barcha mahsulot va xizmatlar sifatida belgilanadi. 

OIC/SMIIC 9 standartida halol turizm ob’ektlari, sayyohlar uchun mahsulotlar va xizmatlar, joylashtirish vositalari, turistik paketlar, turistik gidlar va ovqatlanish, restoranlar kabi boshqa xizmatlar hamda ob’ektlarni boshqarishga doir boshqaruv tamoyillari va talablari mavjud. 

20 973
O‘zA