O‘zA O`zbek

10.03.2020 Chop etish versiyasi

“Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari kechiktirildi

“Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari kechiktirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 12-16-mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boʻylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligida taʼkidlanishicha, bugungi kun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bogʻliq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi.

Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning koʻplab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi boʻyicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo boʻylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.

45 061
OʻzA