O‘zA O`zbek

24.03.2019 12:42:30 Chop etish versiyasi

Xorazm valoyatining turizm salohiyati Rossiyaning “Pervыy” telekanali orqali namoyish etiladi


Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi va bevosita taklifi bilan joriy yilning 19-23 mart kunlari Rossiyaning “Pervыy” telekanali “Neputevыye zametki” dasturi ijodkorlari Xorazm viloyatida safarda boʻldi.

5 kunlik tasvirga olish jarayonlari davomida ular Xiva shahrida joylashgan diqqatga sazovor joylar, xususan “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, Nurillaboy saroyi, Xiva tumanidagi “Kora koʻl” ekoturizm obyekti, Bogʻot va Urganch tumanlaridagi ayrim turistik majmualarni tasvirga oldi. Kulolchilik, naqqoshlik, toʻquvchilik va gilamdoʻzlik kabi koʻplab yoʻnalishlarda ishlayotgan mahalliy hunarmandlar ishi bilan yaqindan tanishdi.

Rossiyalik mutaxassislar Xorazmninig oʻziga hos uslublari haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldi. Jumladan, ipak gilamini toʻqish jarayonlari mehmonlar diqqatini oʻziga tortdi. Ishtirokchilar aynan Navroʻz shodiyonalari paytiga taklif qilingani ham katta ahamiyatga ega boʻldi. Bayram sayillaridagi milliy xalq oʻyinlari, mazali taomlar, xalq ogʻzaki ijodining oʻziga hos uslub va koʻrinishlari barchada katta taassurot oʻygʻotdi.