O‘zA O`zbek

10.05.2019 Chop etish versiyasi

Xivada mehmonxonalar yana bittaga koʻpaydi

Xivada mehmonxonalar yana bittaga koʻpaydi

Xiva shahrida “Erkin Palace” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi A.Saidov, akademik Q.Abdurahmonov qatnashdi.

Yangi mehmonxona 70 oʻrinli boʻlib, 35 ta xonadan iborat. Barcha qulayliklarga ega mehmonxona milliy va jahon andozalari asosida koʻrkam bezatilgan.

Taʼkidlash joizki, viloyatda oʻtgan yili 13 ta mehmonxona qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Joriy yilda mazkur yoʻnalishda mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan yana 100 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

12.jpg

18.jpg

21.jpg

22-faqat saytga.jpg

2 111
Shonazar QORIYEV (surat), OʻzA