O‘zA O`zbek

19.03.2019 Chop etish versiyasi

“Xavfsiz turizm” xodimlari chet tilini oʻrganmoqda

“Xavfsiz turizm” xodimlari chet tilini oʻrganmoqda

Samarqand viloyati IIB xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining xorijiy tillar boʻyicha bilim va koʻnikmasini oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida oʻquv kurslari tashkil etildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga koʻra, mazkur oʻquv kurslari institut kafedralarida faoliyat olib borayotgan malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan innovatsion va interfaol usullardan foydalangan holda olib borilmoqda. 

Samarqand shahriga xorijdan kelgan sayyohlarga koʻmak berish va ular bilan muloqot qilishda xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlaridan chet tillarini mukammal bilish talab etiladi.

3 104
OʻzA