Mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirish, sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida targ‘ib etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tufayli Sohibqiron Amir Temur voyaga yetgan, ko‘plab tarixiy yodgorliklarni jamlagan ko‘hna Shahrisabz sayyohlarning sevimli maskaniga aylanmoqda. Birgina o‘tgan yilda 10 mingdan ziyod sayyoh qadim Keshni ziyorat qilgani fikrimiz dalilidir. Ayni paytda shaharda tarixiy obidalarni qayta ta’mirlash, obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Zamonaviy otellar barpo etilishi bilan birga, noan’anaviy uslubda ish olib boruvchi uy-mehmonxonalar ham tashkil etilayotir. Bunday mehmonxonalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular turistlarga hudud aholisi turmushi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishish, bir muddat o‘zini ko‘hna davrda yashagandek his etish imkonini beradi.

– Hozir yashab turgan uyimiz qurilganiga 200-yildan oshgan, – deydi Shahrisabz shahrining Qoziguzar mahallasida yashovchi Rashid Haydarov. – Shuncha vaqt davomida u o‘z tarovatini aslo yo‘qotmagan. Me’morchiligi ham o‘sha davrga xos. Devorlari sinchkori usulda bunyod qilingani bois qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Har bir xona ichida bir necha tokcha qilingan. Ulardan narsa-buyum qo‘yishda foydalanilgan. Hovlida saksovul olovida pishirilgan g‘ishtlar yotqizilgan. Shunchalik pishiqki, sindirish mushkul. Bu g‘ishtlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, undan zax o‘tmaydi. Haroratni o‘zida yaxshi saqlaydi. Yoz oylarida ustida yalangoyoq yurilsa, oyoq bilan bog‘liq ko‘p kasalliklarga davo bo‘ladi. Xullas, uyimizdagi har bir narsaning uzoq tarixi bor. O‘ylab-o‘ylab, uyning bir qismini mehmonxonaga moslashtirishga ahd qildik. Zamon talablari asosida jihozladik. Albatta, ayrim zarur o‘zgartirishlar ham kiritdik. Barcha qulayliklarga ega yuvinish xonasi, kanalizatsiya tizimi qurdik. Uyning tashqi va ichki qismlari asl holatini yo‘qotmagan holda milliy unsurlar bilan boyitildi. So‘zanalar bilan bezaldi, misdan yasalgan ko‘za, oftoba va laganlar, sopol xumdon, yog‘och lavh ko‘z tushadigan joyga qo‘yildi. Bular xorijiy sayyohlarni befarq qoldirmaydi, albatta.

1.jpg

Uyning eshigi uydan-da qadimiy. Xalq tilida “bag‘dodi eshik” deb yuritiladigan bunday qadimiy eshiklar Sohibqiron Amir Temur davrida Bag‘doddan kelgan taniqli ustalar tomonidan yasalgan va o‘zining bejirim naqshlariyu mustahkamligi bilan alohida ajralib turadi.

Mazkur uy-mehmonxonada ajoyib muhit yaratilgani bir qarashdayoq seziladi. Kiraverishda reception – qabulxona sizni qarshi oladi. Bu yerda mehmonlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi va xonalarga joylashtiriladi. Har bir xona orom olishga mo‘ljallangan bo‘lib, alohida-alohida yotoq karavoti o‘rnatilgan. Mehmonxona bir yo‘la 9 nafar turistni qabul qila oladi.

Hovlining kunchiqar tarafiga yog‘och so‘ri o‘rnatilgan. Usti qamish bo‘yra bilan yopilgan. So‘ri o‘rtasidagi xontaxta atrofiga milliy uslubda tayyorlangan ko‘rpacha va yostiqlar qo‘yilgan. Havo ochiq kunlarda mehmonlar uning ustida suhbat qurishi, tanovul qilishi mumkin.

Sayyohlar nafaqat milliy taomlarimizdan tatib ko‘rish, balki ularni tayyorlashda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ham ega. Buning uchun maxsus tandir va o‘choqlar qilinib, zarur sharoitlar yaratilgan.

– Uy-mehmonxonamizda sayyohlar ko‘ngildagidek dam olish bilan birga, milliy madaniyatimizni ham yaxshi o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi, – deydi xonadon sohibasi Musharrafa Qambarova. – Masalan, mehmonlarga yoshlar ittifoqining tuman kengashidagi iste’dodli yigit-qizlar bilan hamkorlikda to‘y va kelin salom kabi milliy marosimlarimizni sahnalashtirilgan holda namoyish etishni rejalashtirganmiz. Bu jarayonni mehmonlar nafaqat tomosha qilishi, balki bevosita ishtirok etishi ham mumkin.

Shahrisabz shahrida bunday ko‘hna uylar juda ko‘p, ularni chet ellik mehmonlar uchun qo‘nimgohga aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilmoqda. Bu ishlar aholi daromadini oshirish barobarida, kelgusida hududning turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy mehmonxonalari: milliy madaniyatimiz namoyishi