Prezidentimiz rahnamoligida turizmni rivojlantirish, soha infratuzilma va servis xizmatini yanada yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni Toshkent viloyati misolida ham ko‘rish mumkin. 

Viloyatda yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochish, mehmonlarni tarixiy obidalar, milliy hunarmandlik va xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-sentabrdagi “2013-2015-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida Bo‘stonliq tumanidagi Hojikent va Yusufxona qishloqlarida zamonaviy mehmonxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi, “Oqtosh” sanatoriysi ta’mirlandi. Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasida yangi loyihalar amalga oshirilayotir. Bu yerga keluvchi mehmonlarning dam olishi, sayohat qilishi uchun yaratilgan sharoitlar yaxshilanmoqda. Xizmat ko‘rsatish turi ko‘payib, sifati yuksalayotir. 

– Mamlakatingizning fusunkor tabiati, tarixiy yodgorliklari meni hamisha o‘ziga rom etib keladi, – deydi fransiyalik tadbirkor Klod Andre. – Shu bois yurtingiz bo‘ylab tez-tez sayohat qilaman. Bu yilgi kuzgi ta’tilni Bo‘stonliqda o‘tkazdim. Taassurotlarim bir olam. Kelgusi yil O‘zbekistonga oila a’zolarim bilan kelishni niyat qilib turibman. 

Vohada agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar bajarilmoqda. Bo‘stonliq va Chinoz tumanlarida baliq mahsulotlari ko‘rgazmasi, “Chimyon-ekstrim” qishki sport o‘yini, “Chimyon sadosi” ekologik sayohat festivalini an’anaviy tashkil etish rejalashtirilgan.

– Viloyatimiz sayyohlik salohiyati yangi qirralarining ochilishi xorijlik mehmonlar ko‘payishini ta’minlayotir, – deydi «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasining Toshkent viloyati mintaqaviy bo‘limi mutaxassisi Jamshid G‘oziyev. – Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatimizga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘n ming nafar ko‘p – 60 ming sayyoh kelgani fikrimizni tasdiqlaydi. Ularga ko‘rsatilgan xizmatlardan qariyb 27 milliard so‘m foyda ko‘rildi. Belgilangan vazifalar to‘liq amalga oshirilgach, hududimizga kelib-ketuvchi sayyohlar ham, olinadigan foyda ham ikki hissa ortishi kutilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmning yangi qirralari