O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Sharopov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar mamlakatimizda turizm sohasini yanada taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samaralari, sayyohlik oqimini oshirishda mehmonxonalarning o‘rnini alohida ta’kidladi.

Anjumanda Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mohiyati, ushbu hujjatdan kelib chiqadigan dolzarb masalalar haqida so‘z bordi.

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mehmonxonalar vakillari ishtirok etgan tadbirda turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish, sohaning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, hududlarda yangi turizm mahsulotlari yaratish va ularni jahon bozorida targ‘ib qilishga oid masalalar muhokama qilindi. Bunda xalqaro tajribadan keng foydalanish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishda mehmonxona biznesi muhim o‘rin tutadi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Temur Mirzayev. –Bugun mamlakatimizda qariyb olti yuzta mehmonxona bor. Poytaxtimiz va viloyatlarda “Radisson”, “Lotte”, “Wyndham”, “Ramada” kabi dunyoga mashhur otellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy sayohat qiluvchilar uchun ko‘plab xususiy mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytlarda mamlakatimizda tadbirkorlikni, jumladan, turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlarning qabul qilinayotgani sohamiz vakillarining samarali faoliyat yuritishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Tadbirda O‘zbekistonda turizm imkoniyatlari, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi