O‘zA O`zbek

15.01.2020 Chop etish versiyasi

Turizmni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik

Turizmni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yaponiya tadqiqotlar tahliliy markazida Yaponiyaning Vakayama universiteti professorlari ishtirokida ilk seminar tashkil etildi. 

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Osiyo mintaqasida yagona boʻlgan Yaponiya tadqiqotlar tahliliy markazi ochilgan edi. Kuni kecha ushbu markazda turizmni rivojlantirish boʻyicha birinchi xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

photo5258486850752982000.jpg

photo5258486850752981999.jpg

Tadbirda universitet prorektori S.Saidqosimov, Vakayama universitetining turizmni tadqiq qilish markazi ijrochi direktori Nakamoto Kadzuye xonim, mazkur universitet turizmni rivojlantirish loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Murano Misato, Nagoya universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori Eldor Elmurodov, professor-oʻqituvchilar, doktorant tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.

Seminar Prezidentimizning 2019-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etildi.

photo5258486850752981998.jpg

photo5258161481210506295.jpg

Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va turizm sohalari qatori ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida ham jadal rivojlanayotgani taʼkidlandi.

Seminarda Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning xalqaro-huquqiy hamkorlik masalalari boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi. Yaponiyalik mutaxassislar Kunchiqar mamlakatda turizmni rivojlantirishning oʻziga xos tomonlari haqida soʻzladi, seminar ishtirokchilari Vakayama universiteti professorlarining turizm biznesi sohasida amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlariga doir taqdimot bilan tanishdi.

photo5258161481210506294.jpg

photo5258161481210506293.jpg

Ikki mamlakat oʻrtasida doʻstona aloqalarni kengaytirishda faol ishtirok etish uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy-oʻquv jarayoni ham jalb etilgan. Bu yerda koʻp yillardan buyon Yaponiyaning nufuzli taʼlim maskanlari bilan talaba almashish dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislar yapon tilini oʻqitish jarayonini tashkil etishda faol ishtirok etmoqda, ular Yaponiyaning zamonaviy iqtisodiyoti, ichki va tashqi siyosati boʻyicha maʼruzalarini taqdim etmoqda.

Tadbirda bunday uchrashuvlar ikki mamlakat oʻrtasida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, sayyohlar almashuvlarini koʻpaytirish va sohada qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.


22 526
Saidmurod RAHIMOV, Farhod ABDURASULOV (surat), OʻzA