Mamlakatimizda turizm industriyasini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda turizm industriyasini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bu alohida ta’kidlandi. Turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, sohaning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, hududlarda yangi turizm mahsulotlari yaratish va uni jahon bozorida targ‘ib qilishga oid masalalar muhokama qilindi.

Soha rivojida xalqaro tajribadan keng foydalanish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

–Turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishda mehmonxona biznesi muhim o‘rin tutadi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Shomurodov. – Bugun viloyatda 50 dan ortiq mehmonxona bor. Ular asosan Urganch va Xiva shaharlarida joylashgan. Mamlakatimizda tadbirkorlik, jumladan, turizm sohasini yanada rivojlantirishga oid muhim hujjatlar qabul qilinayotgani soha vakillarining samarali faoliyat yuritishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Endi ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud mehmonxonalar faoliyati va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, katta zamonaviy mexmonxonalar va oilaviy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi kichik motellar tashkil etish orqali sohadagi raqobatni yanada kuchaytirish lozim.

Tadbirda ko‘hna Xorazm vohasida turizm imkoniyatlari, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm: xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda