O‘zA O`zbek

27.04.2019 Chop etish versiyasi

Turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan yoshlarning biznes tashabbuslarini (startap) qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot berilishicha, tanlovga yuborilgan arizalar 2019 yil yanvar-aprel oylari mobaynida ikki bosqichli mezonlar asosida maxsus komissiya tomonidan aniqlandi. Unga oliy maʼlumotga ega boʻlgan, oliy taʼlim muassasasini oxirgi uch yil davomida bitirgan, xorijiy tillarda soʻzlasha oladigan, tadbirkorlik, muzokaralar olib borish bilimlariga ega mamlakatimiz yoshlari jalb qilindi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan yurtimiz fuqarolari 2018 yil dekabr oyida tanlov talablari asosida zaruriy hujjatlar va biznes loyihalarini (startap) qoʻmitaga taqdim qildi.

2019 yil yanvar-aprel oylari mobaynida tanlov gʻoliblari ikki bosqichli mezonlar asosida qoʻmita va nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat maxsus komissiya aʼzolari tomonidan aniqlandi.

photo_2019-04-27_19-34-57.jpg

Birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari taqdim qilgan biznes loyihalar maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqildi. Unda biznes loyihaning turizm sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari nuqtai nazaridan dolzarbligi, ishtirokchining bozor konyunkturasi, turizm bozorining oʻziga xosligi va respublikaning turizm mavsumini inobatga olgan holda xorijiy turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha takliflarining asoslantirilganligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, loyihaga qoʻyilgan maqsadlarga erishishning mexanizm va vositalari, loyiha xarajatlari smetasining puxta ishlab chiqilganligi va batafsil bayon etilganligiga ham eʼtibor berildi.

Ikkinchi bosqichda birinchi bosqich yakuni boʻyicha saralab olingan ishtirokchilar oʻz biznes loyihalarini maxsus komissiya oldida taqdimot qildi va loyihaga oid savollarga javob berdi. Natijada, komissiya tomonidan tanlov mezonlari asosida 3 ta ishtirokchining biznes loyihasi qoʻllab-quvvatlash maqsadida tanlab olindi.

photo_2019-04-27_19-35-10.jpg

Gʻoliblarga oʻz loyihalarini amalga oshirish uchun qoʻmita tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha boʻlgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.

Shuningdek, loyiha samaradorligini taʼminlash maqsadida tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston – Yaponiya markazi va qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

photo_2019-04-27_19-35-00 (2).jpg

3 082
OʻzA