O‘zA O`zbek

11.02.2020 Chop etish versiyasi

Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 15 fevralidan boshlab Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bergan.

Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Mazkur yo‘nalishda “Uzautotrans Service” korxonasining avtobuslari xizmat ko‘rsatadi va 2200 km. masofani 32 soatda bosib o‘tadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 ming so‘m etib belgilangan.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi.

19 148
O‘zA