Ko‘pchilik Sirdaryo viloyati hududida turizmni rivojlantirish masalasiga juda og‘ir yo‘nalish deb qaraydi.

Ko‘pchilik Sirdaryo viloyati hududida turizmni rivojlantirish masalasiga juda og‘ir yo‘nalish deb qaraydi. To‘g‘ri, Sirdaryoda Samarqand, Buxoro yoki Xiva shaharlaridagidek tarixiy obidalar ko‘p emas. Ammo hududda turizmni, ayniqsa, eko va agro turizmni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Bugun bu borada viloyatda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan yilda ushbu soha rivojlantirish maqsadida 18 ta yangi loyiha amalga oshirilib, natijada 299 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Misol uchun A-373 xalqaro trassasi bo‘yida tuyachilik markazi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab mahalliy va xalqaro turistlar inson organizmi uchun shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan tuya sutini iste’mol qilib, bir muddat ushbu maskanda dam olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Sirdaryo tumani hududida – daryo bo‘yida joylashgan ekoturizm yo‘nalishidagi dam olish maskanida yaratilgan sharoit sayyohlar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Yana xuddi shu tumandagi, Toshkent – Termiz yo‘li bo‘yida barpo etilgan “Chehra” dam olish majmuasi oilaviy dam oluvchilar uchun ayni muddao. 
– Turizm sohasi viloyatimizda izchillik bilan rivojlanmoqda, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i B. Tagaev. – 2018 yilda viloyatda birgina turoperator faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, joriy yilning 1 yanvaridan beri, 7 nafar turoperator faoliyat ko‘rsatayotir. Bugun viloyatimizda jahon talablariga to‘la javob bera oladigan 3 yulduzli mehmonxonalarimiz bor. Viloyatda, jami 340 o‘rinli 11 ta mehmonxona 30 mehmonga mo‘ljallangan 4 ta oilaviy mehmon-uyi,jami 124 kishiga mo‘ljallangan 2 ta sanatoriy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Keyingi 3 yil ichida viloyatda ayniqsa, tibbiyot turizmi yaxshi rivojlanib bormoqda. Birgina o‘tgan 2019 yilning o‘zida viloyat shifoxonalarida 4 ming 500 nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurib, o‘z dardlariga shifo topdilar. Albatta, viloyatda tibbiyot turizmini rivojlantirishga e’tibor bo‘lmaganida, xususiy tibbiy xizmat sifatini oshirish masalasi bunday natijalarni qo‘lga kiritmagan bo‘lar edi.

2019 yil davomida xorijiy va mahalliy turistlar uchun viloyatda 7 ta turizm axborot markazlari, 32 ta sanitariya-gigiena shoxobchalari barpo etildi. 14 ta turistik ob’ektlarga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatgich belgilari va 19 ta turizm ob’ektlarda Wi-Fi hududlari tashkil etildi.

Viloyatda turizmni rivojlantirish borasida aniq yo‘l xaritasi tasdiqlangan. Xaritaga binoan yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, markaziy avtomobil yo‘l yoqasida mahalliy va xorijiy turistlar uchun dam olish maskanlari barpo etish, ekoturizm ob’ektlarini ishga turishish rejalashtirilgan.

– Sirdaryoning o‘z tarixi, buguni va ertasi bor, – deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Nosirov. – Bugungi kunda viloyatimizda moddiy-madaniy meros ob’ektlari 87 tani tashkil qilib, shundan 18 ta arxeologiya ob’ektlari hisoblanadi. 15 ta arxitektura ob’ekti, 41 ta monumental san’at yodgorligi, 3 ta muzey mavjud. Joriy yilda turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida 26 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. To‘g‘ri hali bu yo‘nalishda ko‘p ish qilishimiz kerak. Muhimi, bugun bu boradagi loyihalar, izlanishlar izchil hayotga tatbiq etilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda turizmning qaysi yo‘nalishi istiqbolli sanaladi?