Kiraverishda reception – qabulxona sizni qarshi oladi. Bu yerda mehmonlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi va xonalarga joylashtiriladi. Har bir xona orom olishga mo‘ljallangan bo‘lib, alohida-alohida yotoq karavoti o‘rnatilgan. Mehmonxona bir yo‘la 9 nafar turistni qabul qila oladi.

Mamlakatimizda zamonaviy otellar barpo etilishi bilan birga, noan’anaviy uslubda ish olib boruvchi uy-mehmonxonalar ham tashkil etilayotir. Bunday mehmonxonalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular turistlarga hudud aholisi turmushi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishish, bir muddat o‘zini ko‘hna davrda yashagandek his etish imkonini beradi.

– Hozir yashab turgan uyimiz qurilganiga 200 yildan oshgan, – deydi Shahrisabz shahrining Qoziguzar mahallasida yashovchi Rashid Haydarov. – Shuncha vaqt davomida u o‘z tarovatini aslo yo‘qotmagan. Me’morchiligi ham o‘sha davrga xos. Devorlari sinchkori usulda bunyod qilingani bois qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Har bir xona ichida bir necha tokcha qilingan. Ulardan narsa-buyum qo‘yishda foydalanilgan. Hovlida saksovul olovida pishirilgan g‘ishtlar yotqizilgan. Shunchalik pishiqki, sindirish mushkul. Bu g‘ishtlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, undan zax o‘tmaydi. Haroratni o‘zida yaxshi saqlaydi. Yoz oylarida ustida yalangoyoq yurilsa, oyoq bilan bog‘liq ko‘p kasalliklarga davo bo‘ladi. Xullas, uyimizdagi har bir narsaning uzoq tarixi bor. O‘ylab-o‘ylab, uyning bir qismini mehmonxonaga moslashtirishga ahd qildik. Zamon talablari asosida jihozladik. Albatta, ayrim zarur o‘zgartirishlar ham kiritdik. Barcha qulayliklarga ega yuvinish xonasi, kanalizatsiya tizimi qurdik. Uyning tashqi va ichki qismlari asl holatini yo‘qotmagan holda milliy unsurlar bilan boyitildi. So‘zanalar bilan bezaldi, misdan yasalgan ko‘za, oftoba va laganlar, sopol xumdon, yog‘och lavh ko‘z tushadigan joyga qo‘yildi. Bular xorijiy sayyohlarni befarq qoldirmaydi, albatta.

Uyning eshigi uydan-da qadimiy. Xalq tilida “bag‘dodi eshik” deb yuritiladigan bunday qadimiy eshiklar Sohibqiron Amir Temur davrida Bag‘doddan kelgan taniqli ustalar tomonidan yasalgan va o‘zining bejirim naqshlariyu mustahkamligi bilan alohida ajralib turadi.

Mazkur uy-mehmonxonada ajoyib muhit yaratilgani bir qarashdayoq seziladi. Kiraverishda reception – qabulxona sizni qarshi oladi. Bu yerda mehmonlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi va xonalarga joylashtiriladi. Har bir xona orom olishga mo‘ljallangan bo‘lib, alohida-alohida yotoq karavoti o‘rnatilgan. Mehmonxona bir yo‘la 9 nafar turistni qabul qila oladi.

Ushbu havola maqolaning to‘liq variantiga olib o‘tadi. >>>

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrisabzlik Rashid Haydarov o‘z uyida sayyohlar uchun mehmonxona ochdi