O‘zA O`zbek

27.04.2019 Chop etish versiyasi

Samarqandda palov va non sayli oʻtkazildi

Samarqandda palov va non sayli oʻtkazildi

Samarqand viloyati va shahar hokimligi, turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan tadbirda yuz turga yaqin Samarqand nonlari namoyish qilindi. Bir nechta qozonda esa oʻzbek milliy oshxonasining shoh taomi – palov damlandi.

Festivalda Samarqandning oʻziga xos tashrif qogʻoziga aylangan Samarqand nonlari va palovning tayyorlanish jarayoni, bu neʼmatlar bilan bogʻliq anʼana va urf-odatlar namoyish etildi. Viloyatdagi badiiy va folklor jamoalarning milliy kuy-qoʻshiqlari, marosim va qadriyatlar aks etgan dasturlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, xorijlik sayyohlar osh tayyorlash jarayonini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega boʻlganidan mamnun.

– Dunyoning koʻp shaharlarida boʻlganman, lekin Samarqandga birinchi marta kelishimdanoq bu qadimiy va goʻzal shahar menga juda yoqdi, – deydi Amerikaning Nyu-York shtatidan kelgan Marsella Xill xonim. – Bugungi festival ham oʻzbek xalqining boy tarixi, madaniyatidan dalolat beradi. Bizda ham palovga oʻxshash taom tayyorlanadi. Oʻgʻlim uni maxsus koʻzaga barcha masalliqlarni solib, pechda pishiradi. Osh festivalida qatnashib bildimki, haqiqiy palov qozonda, umuman oʻzgacha usulda tayyorlanar ekan. Samarqand oshining taʼmi menga juda manzur boʻldi.

Bir necha xil usulda pishirilgan Samarqand oshlari festival ishtirokchilariga ulashildi.

photo_2019-04-27_14-10-57.jpg

photo_2019-04-27_14-11-33.jpg

photo_2019-04-27_14-12-25.jpg

photo_2019-04-27_14-12-43.jpg

1 404
Gʻ.Hasanov, A.Isroilov (surat), OʻzA