O‘zA O`zbek

13.02.2020 Chop etish versiyasi

“Samarqand – Toshkent – Sankt-Peterburg” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Samarqand – Toshkent – Sankt-Peterburg” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Mamlakatimizning turli hududlaridan Rossiya Federatsiyasiga borayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Samarqand – Toshkent – Sankt-Peterburg“ yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalishda ilk qatnov joriy yilning 25 fevral kunidan boshlanadi. Qatnovlar shu kundan boshlab kun ora amalga oshiriladi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan “Uzautotrans service” MChJ va Rossiyaning “TTK GLOBUS“ MChJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Qatnov Samarqand avtovokzalidan soat 09:00 boshlanadi va “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 jo‘naydi. Qatnov masofasi 4 ming 436 kilometrni tashkil etadi. Yo‘lovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga yetkazib qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘ylab chipta narxi Samarqanddan 840 ming so‘m Toshkentdan esa 800 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, joriy yilning 15 fevral kunidan e’tiboran Toshkent –Omsk yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 ming so‘m etib belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasiga Toshkent– Nijniy Novgorod, Toshkent – Qozon, Toshkent – Moskva yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari ham amalga oshirilmoqda.

Transport vazirligi Rossiya Federatsiyasining boshqa shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Shu o‘rinda safarga chiqayotgan yo‘lovchilardan belgilangan manziliga yetib olishda faqatgina qonuniy asosda faoliyat yuritayotgan va kafolatlangan xavfsiz xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.

52 098
O‘zA