O‘zA O`zbek

20.04.2019 Chop etish versiyasi

Pokistonlik ishbilarmonlar qaysi loyihalarda ishtirok etadi?

Pokistonlik ishbilarmonlar qaysi loyihalarda ishtirok etadi?

Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi F.Sidiqov boshchiligidagi pokistonlik ishbilarmonlar vakillari Namanganda boʻldi.

Pokistonning “Travel Planners”, “TJ Switches”, “Pyramid Logistics”, “Ejad”, “Sea View Hotel Gawadar”, “Chicken Hut”, “One” kabi savdo, transport, qurilish, yengil sanoat, xizmat koʻrsatish yoʻnalishlaridagi kompaniyalar rahbarlari va vakillaridan iborat mehmonlarni viloyat hokimi X. Bozorov qabul qildi.

11.jpg

Uchrashuvda energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarish, elektrotexnika, mehmonxonalar qurish, tibbiyot, farmetsevtika, turizm yoʻnalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvdan soʻng xorijlik ishbilarmonlar yaratilgan investitsiya muhiti bilan tanishish, hamkorlik istiqbollarini belgilash maqsadida viloyatning bir qator tumanlarida boʻldi. Jumladan, mehmonlar Kosonsoy tumanidagi “Zayniddin hoji”, “Kosonsoy toʻqimachi”, “Atlasmen”, “Mador Teks”, “Kosonsoy Avto Servis”, “Kosonsoy taʼmirlash zavodi”, “Kosonsoy bosh pillaxona”, Chortoq tumanidagi “Chortoq Mineral Water”, “Chartak Resort” kabi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. “Chortoq turizm zonasi” da yangi quriladigan mehmonxonalar loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. Shuningdek, mehmonlar Bibi Naima Ona, Sulton Uvays Qaraniy maqbaralarini ziyorat qildi.

12.jpg

17.jpg

1 632
Akramjon Sattorov, Hotamjon Mamadaliyev (surat), OʻzA