O‘zA O`zbek

15.03.2019 12:04 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda targ‘ibot qilishda vatandoshlarimiz ko‘makchi

O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda targ‘ibot qilishda vatandoshlarimiz ko‘makchi

O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur uchrashuv O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishda xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishdagi navbatdagi qadamdir. 

-1925452286.JPG

Ishtirokchilarga hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi, jumladan, turizmni rivojlantirish va ommalashtirish yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyati, turizmning alohida turlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. 

Tashkilotchilar mazkur loyihaning o‘zbekistonliklar diasporalari mavjud boshqa xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish kelgusida o‘z natijasini berishini qayd etdi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan materiallar keyinchalik tarqatish uchun vatandoshlarimizga tarqatildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zA
993