O‘zA O`zbek

16.04.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda turizm qonun bilan tartibga solinadi

O‘zbekistonda turizm qonun bilan tartibga solinadi

Turizmga endilikda iqtisodiyotning strategik maqomi berildi.

Joriy yilning 16 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar «Turizm to‘g‘risida»gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Qonunchilik palatasining shu yil 2 aprelda bo‘lib o‘tgan majlisida mazkur loyiha “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rinishida ikkinchi o‘qishda muhokamalarda ko‘rib chiqilgan edi. Unda deputatlar tomonidan bildirilgan fikr, muhokama va takliflarning asosiy maqsad-mohiyati amaldagi “Turizm to‘g‘risida”gi qonunga qariyb yetmish foiz o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgani, turizmga endilikda iqtisodiyotning strategik maqomi berilganidan kelib chiqib, loyiha uchinchi o‘qishga “Turizm to‘g‘risida”gi yangi qonun sifatida tayyorlandi. 

Loyihada belgilangan 21 ta asosiy tushunchadan 9 tasi, masalan, “turistik xizmatlar buyurtmachisi”, “joylashtirish vositasi”, “turistik faoliyat” kabi tushunchalar tegishli moddalarga singdirildi va asosiy tushunchalar sirasidan chiqarib tashlandi. Loyiha qator yangiliklar, yangi atamalar va tushunchalarga boy bo‘lgani uchun Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasida qonun ijodkorlari, mutaxassislar va tilshunoslar ishtirokida yana bir bor muhokamadan o‘tkazilib, yuridik atamalar va til qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirildi.

2 268
O‘zA