O‘zA O`zbek

23.01.2020 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Osiyoning eng yirik san’at festivalida hamkor mamlakat sifatida ishtirok etadi

O‘zbekiston Osiyoning eng yirik san’at festivalida hamkor mamlakat sifatida ishtirok etadi

Joriy yilning 1-16 fevral kunlari Hindistonning Xaryana shtatida Osiyodagi eng yirik hunarmandchilik festivallaridan biri “Surajkund Mela“ bo‘lib o‘tadi.

Festivalda har yili dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan milliondan ortiq hunarmand ishtirok etadi.

An’anaviy tarzda “Surajkund Mela“ festivalini o‘tkazish uchun Hindistonning bitta shtati tanlanadi. Bitta xorijiy davlat esa festivalning hamkor davlati sifatida ishtirok etadi.

Qayd etish kerakki, festivalning bu yilgi tadbirlarida O‘zbekistonni hamkor mamlakat sifatidagi ishtiroki yurtimiz san’ati, urf-odati, madaniyati, tarixi va milliy taomlariga dunyo jamoatchiligi e’tiborini qaratishga keng imkon yaratadi.

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, festival ishtiroki doirasida O‘zbekiston pavilonlari va madaniy tadbirlari mamlakatning Dehlidagi elchixonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Hunarmand“ uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.

28 248
O‘zA