Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasida turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlikka bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan Bangladesh bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik turli jabhalarda, jumladan, sayyohlik sohasida ham rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Sayyohlik sohasi o‘zaro aloqalarning muhim yo‘nalishlaridandir. Mamlakatimizga har yili ko‘plab bangladeshliklar tashrif buyuradi. Toshkentda o‘tadigan sayyohlik yarmarkalarida Bangladesh firma va kompaniyalari faol qatnashib keladi. Ushbu mamlakat ijodkorlari yurtimizda tashkil etilayotgan tadbirlar, xususan, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, biyennalelarning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.

– O‘zbekiston va Bangladesh hamkorligi savdo, iqtisodiyot, sanoat, madaniyat kabi ko‘plab sohalarda jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlashni istardim, – dedi Mosud Mannan. – Mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlik sohasidagi hamkorlikning biznes, ekoturizm, tibbiy, tarixiy va madaniy kabi yo‘nalishlarini rivojlantirishning imkoniyatlari katta. Toshkent va Dakka o‘rtasida havo qatnovini yo‘lga qo‘yish niyatidamiz. Bu ikki tomonlama sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston bilan mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istagidamiz.

Tadbirda O‘zbekiston bilan Bangladesh o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. Bangladeshning tabiiy, tarixiy va madaniy merosi, diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida hikoya qiluvchi film namoyish etildi, sayyohlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bilan Bangladesh o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kengayadi