O‘zA O`zbek

12.03.2020 Chop etish versiyasi

“New York Times”: amerikalik jurnalistlar afsonaviy yoʻlda Oʻzbekistonni taʼrifladi

“New York Times”: amerikalik jurnalistlar afsonaviy yoʻlda Oʻzbekistonni taʼrifladi

Amerikaning mashhur “New York Times” nashrida fotojurnalist Toni Cenicola va Charli Uaylder muallifligida “Eng afsonaviy yoʻldagi 12 kun: Buyuk Ipak yoʻli” nomli maqola chop etildi.

Maqola 2019-yil oktyabr oyida amalga oshirilgan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston boʻylab jurnalistlarning 12 kunlik safariga bagʻishlangan. Ushbu sayohat Oʻzbekiston elchixonasi va Amerika nashrlari jurnalistlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Maqolada taʼkidlashicha, “Oʻrta Osiyo — Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston asrlar davomida sivilizatsiyaning beshigi boʻlib, yaqin vaqtgacha gʻarbliklarning tashrifi qiyin yoki mumkin boʻlmagan, Aleksandrdan Chingizxongacha boʻlgan shaxslarni jalb etgan muqaddas maskandir.

Sayohatchilar maqolada bir necha avlodlar tomonidan Budda va Zardusht ibodatxonalari, qadimiy masjid va madrasalar, bozorlar, nafis tabiiy manzaralar “temir parda“ ortida qoldirilganini eslab oʻtadi.

Nashrda “2016-yilda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ochila boshladi. Qoʻshnilar bilan transport va logistika aloqalari yaxshilandi, vizaga cheklovlar olib tashlandi. 2018-yildan boshlab 100 dan ortiq davlatlarning fuqarolari, shu qatorda Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston orqali vizasiz besh kungacha parvozlarni amalga oshirishi va yangi elektron vizalar bilan yurishlari mumkin“, deyiladi.

Amerikalik jurnalistlar “Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan qoʻshni davlatlar oʻrtasida koʻplab chegara postlari tiklanib, mintaqa davlatlarida bir vaqtning oʻzida gʻarblik sayyohlar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratilganini alohida eʼtirof etadi.

Maqola mualliflari Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Xiva shaharlarining tarixiy va madaniy merosini alohida taʼriflaydi.

Oʻquvchilarni Ulugʻbek rasadxonasi, Registon maydoni, Goʻr-Amir maqbarasi, Shoh-Zinda maqbarasi, Labi Hovuz, Poyi Kalon majmuasi, qadimiy Magʻoki-Attori masjidi va boshqa tarixiy obidalar bilan tanishtiradi.

Shuningdek, jurnalistlar sayohat davomida kuzatilgan baʼzi muammolarni eslar ekan, jumladan qoʻyidagi soʻzlar bilan xulosa qiladi: “Yoʻl boʻyidagi sanitariya bilan bogʻliq muammolarga, xalqaro kartalar uchun bankomatlarning cheklanganiga va transport bilan bogʻliq baʼzi noqulayliklarga qaramay, ushbu safar bizning hayotimizdagi eng unutilmas sayohatlardan biri va biz buni hech qachon tugamaydi deb umid qilardik”.

7 690
Abdulaziz RUSTAMOV tayyorladi OʻzA