O‘zA O`zbek

28.01.2020 Chop etish versiyasi

Milliy meroslarimiz farovonlik ramzi

Milliy meroslarimiz farovonlik ramzi

Ma’lumki, inson salomatligi uchun nafaqat sportning, balki sayr qilishning ham o‘ziga xos foydali jihatlari bor. 

Toshkentning Abdulla Qodiriy, Labzak, Nurafshon va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan joyda joylashgan “Navro‘z” bog‘ida aholi uchun ma’naviy hordiq olish hamda milliy etnografik shaharchada sayr qilish imkoni mavjud. 

Bu yerga oilaviy tashrif buyuruvchilar uchun tarix va kelajakni bog‘lovchi milliy etnografik shaharcha bunyod etilgan. 

2,5 gektar maydonni egallagan etnografik shaharchada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar hamda qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan. 

Bog‘ning yon qismida hayot davomiyligi timsoli – diametri 72 metrli charxpalak qurilgan. Anhor kanali ustidan o‘tuvchi 88 metrli ko‘prik dam oluvchilarga o‘ziga xos sayr qilish imkoniyatini ulashadi. 

Bu yerga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz milliy-madaniy meroslarimiz haqida keng tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin. 

25 778
Shohrux NO‘MONOV, Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA