O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Mennonit avlodlari vakillari tashakkur izhor qilishdi


Joriy yil bahorida Xivadagi “Ichan Qal’a” muzey qo‘riqxonasida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida taqdir taqozosi tufayli Xorazmga kelib qolgan va deyarli ellik yilga yaqin shu yerda yashagan mennonit nemislari hayotiga bag‘ishlab yangi ekspozitsiya tashkil etilgan edi. Bu yangilik xorijiy sayyohlar, ayniqsa, mennonit nemislari avlodlari vakillari va tarixchi olimlarni qiziqtirmoqda.

Yaqinda AQSh va Kanadadan kelgan bir guruh olimlar, sayyohlar va Xivada yashagan mennonit nemislari avlodlari vakillarining tashrifi munosabati bilan yana ekspozitsiya tashkil etildi.

Mehmonlar Oq-machitlik nemislar ekspozitsiyasini tomosha qilar ekanlar hayajoni va quvonchini yashirishmadi.

- Ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatib, ularning turmush tarzini, qilgan xizmatlarini e’zozlab kelayotgan o‘zbek xalqidan minnatdormiz, - deydi kanadalik olim Jems Junke.

Guruh tashkilotchisi Jon Sharp esa kelgusida muzeyni yangi, nodir eksponatlar bilan boyitish borasida hamkorlik qilishini, ko‘rgazmalar yaratishda ko‘maklashishini ta’kidladi. Tez kunlarda Kanzasdagi muzey bilan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishildi.

Mehmonlar o‘zbek xalqiga bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi uchun o‘z tashakkurlarini izhor qilishdi. Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar nemislar yashagan Oq-machit qishlog‘ida ham bo‘lishdi.

1 834
Shonazar QORIEV (surat), O‘zA