O‘zA O`zbek

25.04.2019 21:23:32 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirishda Jaloliddin Rumiy majmuasi yutuqlaridan foydalanilishi mumkin


Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Turkiyadagi diniy taʼlim tizimini oʻrganish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida mazkur mamlakatda tashrif bilan boʻlib turibdi.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan Anqara hamda Koʻniya shaharlaridagi tashrif kun tartibi ham samarali kechdi. Xususan, Turkiya Respublikasining ilk oliy taʼlim muassasasi – Anqara universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

Taʼkidlash joiz, ushu universitetning Ilohiyot fakulteti oʻz sohasida Turkiya tarixidagi dastlabki taʼlim maskanidir. Ushbu fakultet 1949 yilda tashkil etilgan va xalqaro maydonda munosib oʻringa ega.

Turkiya Prezidenti huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda imom-xatiblar malakasini oshirishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiya Milliy taʼlim vazirligida boʻlgan delegatsiya aʼzolari ushbu mamlakatning imom-xatiblar maktabi va boshqa taʼlim dargohlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Koʻniyadagi Oliy diniy taʼlimga ixtisoslashgan markaz, Diyonat ishlari boshqarmasining mahalliy vakilligi faoliyati, Saljuq universiteti, Jaloliddin Rumiy majmuasida ziyorat turizmi bilan bogʻliq namunaviy ishlar mamlakatimiz delegatsiyasi vakillarida katta taassurot qoldirdi. Kelgusida ushbu majmua faoliyati misolida mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.

photo5913579297375891338.jpg

photo5913579297375891339.jpg