O‘zA O`zbek

12.03.2019 15:19:30 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda Ispaniyaning mashhur Paradores mehmonxonasi tajribasi joriy etiladi


“ITB Berlin – 2019” xalqaro turistik ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.

photo5206193296051907232.jpg
Ko‘rgazma doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Aqqulov hamda Ispaniyaning Sevilya shahri meri Xuan Espades o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Unda madaniy meros ob’ektlarini asrash va Ispaniyadagi mashhur Paradores mehmonxonalari tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. 

Soha mutaxassislari O‘zbekiston delegatsiyasiga Seviliyadagi madaniy meros ob’ektlari negizida tashkil etilgan Paradores mehmonxonalari boshqaruv tizimi, undagi madaniy merosni asrash va ob’ektlardan mehmonxona sifatida foydalanishning o‘ziga xos jihatlarini yaqindan tanishtirish taklifi bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Ispaniyada qariyb 90 ta Paradores mehmonxonalari mavjud bo‘lib, ular hukumat tomonidan mamlakatdagi diqqatga sazovor bo‘lgan madaniy meros ob’ektlari hududida tashkil qilingan. E’tiborlisi, ushbu mehmonxonalar faoliyati najasida mamlakatning qimmatli boyligi hisoblangan madaniy meros ob’ektlari yaxshi holda saqlanmoqda. Ulardan ko‘rilgan foyda hisobidan mamlakatdagi boshqa diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish va qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati