O‘zA O`zbek

14.05.2019 Chop etish versiyasi

“Londonga yo‘l 2019”

“Londonga yo‘l 2019”

Ayni vaqtda yurtimizga dunyoning eng xushmanzara joylarini ko‘rish barobarida geografik manzillarni o‘rganayotgan 20 kishidan iborat sayyohlar guruhi yetib keldi.

Hindistonning Imfal shahridan Buyuk Britaniya poytaxti Londongacha bo‘lgan masofani yettita avtomobilda bosib o‘tib, xarita bo‘ylab Toshkent viloyatiga yetib kelgan Hindiston yo‘l ekspeditsiyasining safar yo‘nalishi 18 davlat bo‘ylab o‘tgan bo‘lib, umumiy masofa 16 ming kilometrni tashkil etadi.

photo5393084451430443764.jpg

“Londonga yo‘l 2019” ekspeditsiya a’zolari Hindiston, Myanma, Tailand, Laos, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Latviya, Litva, Polsha, Chexiya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya davlatlarida bo‘lishni rejalashtirgan.

Ular ushbu sayohat haqida ko‘plab mamlakatlarda namoyish etiladigan filmni ham tasvirga olmoqda. Qayd etish joizki, 2017 yilda ilk marotaba suratga olingan “Londonga yo‘l 2017“ filmi o‘z vaqtida 4 million nafardan ortiq tomoshabin yig‘gan edi. Yangi olinadigan hujjatli film ham bundan kengroq ommalashishi va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinishi taxmin qilinmoqda.

photo5393562713218722343.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkent viloyatiga yetib kelgan ekspeditsiya a’zolarini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlikda kutib oldi. Milliy urf-odatlarimiz asosida tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati hokimiyati va viloyatning turizmni rivojlantirish departamenti vakillari yurtimizdagi tarixiy qadamjolari haqida, ikki xalq orasidagi ko‘p yillik tarixga ega madaniy aloqalar xususida suhbatlashildi.

1 802
O‘zA