O‘zA O`zbek

13.05.2019 Chop etish versiyasi

Kursantlar Samarqandda

Kursantlar Samarqandda

Mamlakatimizda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun turizm-ekskursiya turlarini tashkil etish belgilangan.

Shunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida oʻquv mashgʻulotlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirayotgan hamda oʻquv yurti miqyosida oʻtkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan kursantlarni ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun Samarqandga sayohat uyushtirildi.

Sayohat taassurotlari haqida institut matbuot xizmati xabariga koʻra, kursantlar Samarqand viloyatidagi tarixiy obidalar, ulugʻ allomalar nomlari bilan bogʻliq muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarda boʻlgan.

– Kursantlar Imom Buxoriy ziyoratgohida boʻlib, muzey hamda Hadis ilmi maktabi bilan tanishdi, – dedi institutning tarbiyaviy ishlar boʻlimi xodimi, leytenant Zavqiddin Pardayev. – Shohi zinda hamda Registon maydonidagi Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini, Xoʻja Doniyor maqbarasi va Goʻri Amir maqbarasini ziyorat qildi. Oʻz davlatining, xalqining, ajdodlarining tarixini bilmay turib inson oʻzini anglay olmaydi. Shu bois ajdodlarimizning boy merosi, buyuk tarixi, muqaddas qadamjolar bilan yaqindan tanishish har bir yoshning maʼnaviyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2 384
OʻzA