O‘zA O`zbek

08.05.2019 Chop etish versiyasi

Klaudio PREZIOSI: “Noyob arxitektura namunalaridan hayratdaman”

Klaudio PREZIOSI: “Noyob arxitektura namunalaridan hayratdaman”

Italiyaning Rim shahrida yashovchi ijodkor Klaudio Preziosi ham Qarshidagi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.

– Qarshiga yetib kelishdan avval qadim Buxoro shahriga tashrif buyurdim. U yerdagi tarixiy-madaniy binolarning go‘zalligidan hayratim cheksiz. Ularning o‘ziga xosligi juda mushkul me’moriy yechimlar ostida bunyod etilgani va anchayin kengligida deb bilaman. Shuningdek, yurtingiz odamlari bu tarixiy maskanlarni asrab-avaylashga intilishini angladim. Bu ularning kelajagi uchun muhim ekanligini his qilishlari sezilib turardi. Ko‘z o‘ngimizda yaratilayotgan qo‘l san’ati namunalarini shundan darak beradiki, xalqingiz juda iste’dodli va mehnatkash ekan.

1 395
O‘zA