2017-yil sentabr oyida Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ko‘plab sohalar qatori turizm yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston va Tatariston turistik salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida jurnalistlarning o‘zaro tanishtiruv sayohatlarini uyushtirish taklifi bildirilgandi. Buning samarasida o‘tgan yil noyabr oyida tataristonlik bir guruh jurnalistlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari tashkil etildi.

17.JPG

Joriy yil 25-30-yanvar kunlari o‘zbekistonlik jurnalistlar guruhi Tataristonning tarixiy-madaniy obidalari va sayyohlik maskanlari bilan tanishib qaytdi.

Qardosh tatar xalqining tili, dini, urf-odat va an’analaridagi o‘xshashliklar shu qadar ko‘pki, hatto Qozon shahrining ming yillik tarixidan guvohlik beruvchi obidalar misolida ham ona diyor – O‘zbekiston nasimlarini his etasan. Volga va Qozon daryolari bo‘yida qad rostlagan Qozon Kremli, qadimiy Bulg‘or shahri, Sviyajsk orollari – barchasi tabiat va inson tomonidan yaratilgan mo‘jizalardir.

O‘zbek xalqida bo‘lgani kabi tatarlarda ham oila muqaddas hisoblanadi. Ajdodlar va avlodlar silsilasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgan. Qozon shahri nomida ham tatar xalqining oilaga bo‘lgan e’tibori aks etgan. Zero, tatarlarda qozon – ro‘zg‘or butligi, mustahkam oila asosi sanaladi. Shu bois bugun ko‘plab yangi oilalar o‘z hayotini shaharning qalb musaffoligini o‘zida aks ettiruvchi o‘ziga xos ramzi – qozon ko‘rinishidagi “Baxt uyi”dan boshlashadi. Majmuaning yuqori sahnidan shahar va olislarga cho‘zilgan Qozon daryosi o‘zining bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi. Eng yorqin taassurot, albatta, bu Qozon Kremli manzarasidir.

14.JPG

Kremlning ko‘zlarni qamashtiruvchi oq devorlari sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Tamal toshi XII asrda qo‘yilgan bu qadimiy qal’ada bugun ham hayot bir maromda davom etmoqda. Shaharsozlik namunalari, devorlardagi bitiklar va naqshlar shaharning asriy tamaddun yutuqlaridan bahramand ekanidan nishona. Bu shahar qadimiy Bulg‘or, Oltin O‘rda, O‘rta asrlar Qozon xonligi bilan birga, Sharq an’anaviy me’morligining yorqin namunalarini ham o‘zida aks ettirgan. Bir so‘z bilan aytganda, Qozon Kremli Samarqand, Buxoro, Xiva singari inson umri davomida hech bo‘lmaganda bir bor ko‘rishi kerak bo‘lgan maskandir. Qozon Kremli 2000 yilda YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani fikrimiz yorqin misoldir.

Tatar xalqining birdamligini, mehmondo‘stligini qish havosida, Sviyajsk orollarida yana bir bor his etdik.

Bu yerda sizni “Isenmesez”, deya issiq choy va ochiq chehra bilan qarshi olishadi. Bir o‘choq atrofida tatar xalqining o‘zbeklarcha tantiligi, mehmondo‘stligiga guvoh bo‘lasiz. Qolaversa, bu orol mashhur rus shoiri Pushkin ertaklarida ham yashaydi.

Sviyajsk oroli Volga va Sviyaga daryolari quyiladigan joyda joylashgan. 300 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladigan ushbu orol 37 madaniy yodgorlikni o‘z bag‘riga sig‘dirgan. Orol sanoat korxonalari va jamoat transportlaridan holi. Shuning uchun bu yerda yil davomida osoyishtalik hukmron. Bugun Sviyajskda rang-barang madaniyatlardan hikoya qiluvchi festivallar, O‘rta asrlarda bo‘lgani kabi otliq suvoriylar jangiga guvoh bo‘lishingiz yoki tabiat in’om etgan go‘zallikdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Qozondan 180 kilometr masofada, Volga daryosining chap qirg‘og‘ida ming yillar muqaddam mavjud bo‘lgan Bulg‘or davlati poytaxtining qoldiqlari saqlanib qolgan. Tatar xalqining ajdodlari hisoblangan bulg‘orlar 922-yili islom dinini qabul qiladi. Shu tariqa Tataristonga islom ma’rifati ayni shu zamin orqali keng tarqaladi.

6.JPG

Bulg‘or shahrida islom dini qabul qilingani sharafiga ulkan Oq masjid bunyod etilgan va dunyodagi eng katta chop etilgan Qur’on saqlanmoqda.

Qur’oni karim haqida so‘z borganda Toshkentning Hazrati Imom majmuasidagi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon Mushafini yodga olish o‘rinli. Zero, qachonlardir Amir Temur tomonidan yurtimizga olib kelingan nodir qo‘lyozma 1917-1924 yillar davomida, Vatanimizga qaytarilgunga qadar Tataristonda saqlangan.

5.JPG

Mahalliy aholi bilan suhbatda ularning O‘zbekistonga qiziqishi, mehri va ma’nan yaqinligini his etasiz. Ulardan biri O‘zbekistonni, xususan, Samarqandni ko‘rish, mashhur muhaddis Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish ishtiyoqida ekanini aytganda, o‘zgacha faxr-iftixor tuydik. Safarimiz davomida mezbonlardan O‘zbekiston haqidagi ko‘plab iliq fikr va taassurotlarni eshitdik. Ularning “O‘zbekiston – nafaqat taning, balki qalbing ham orom oladigan joy”, degan e’tirofi safarimizning unutilmas voqeasi bo‘ldi.

Toshkent – Qozon – Toshkent.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlarimiz Tataristonning sayyohlik maskanlari bilan tanishib qaytdi