O‘zA O`zbek

30.05.2019 Chop etish versiyasi

Joriy yilda 10 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilda 10 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida bu haqda to‘xtalib o‘tildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, aholining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida joriy yilda 107 ta yangi yo‘lovchi tashish avtomobil yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 10 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochilgan. 

Mamlakatimizda so‘nggi 20 yil ichida muntazam xalqaro avtobus marshrutlari mavjud emas edi. 2018 yilga kelib bu boradagi ishlar jadallashtirilib, respublikani Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi davlatlar bilan bog‘lovchi 14 ta yo‘nalish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Joriy yilda ularning sonini yana 10 taga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. 2019 yilning birinchi choragida esa jami 3 ta yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilgan. Toshkent–Nur-Sulton (Qozog‘iston), Toshkent–Yettisoy (Qozog‘iston) va Toshkent–Taraz (Kozog‘iston) yo‘nalishlari shular jumlasidandir.

11 234
Nurillo NASRIEV, O‘zA