O‘zA O`zbek

16.05.2019 Chop etish versiyasi

Jizzaxda mehmon uylari soni keskin oshadi? Nega?

Jizzaxda mehmon uylari soni keskin oshadi? Nega?

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishicha, Jizzax viloyatiga har yili o‘rtacha 6 mingga yaqin xorijiy va 800 mingdan ortiq mahalliy sayyoh kelmoqda. Ayni vaqtda esa ularga viloyatdagi 22ta mehmonxona, 7ta xostel va 10ta oilaviy mehmon uy xizmat ko‘rsatayapti.

Jizzax viloyati turistik salohiyati yuqori viloyatlardan biri sifatida turizmning noan’naviy turlari – ekoturizm, agroturizm, tibbiyot turizmi rivojlanayotgan hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois kelgusida yurtimizga, jumladan mazkur viloyatga ham keluvchi mehmonlar oqimi yanada ortishini hisobga olib, joylarda turistlar uchun shart-sharoitlar yaratish, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.

photo5397638959305173440.jpg

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, viloyatda mehmonlarni joylashtirish vositalari, ya’ni mehmonxona, oilaviy mehmon uylari turistlarni to‘liq qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Shu hisobdan turizmni rivojlantirish orqali aholining moddiy sharoitini, turmush tarzini yaxshilash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator yumushlarni bajarish kunning muhim talabiga aylanmoqda.

Ana shu ehtiyojni hisobga olgan holda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida sayyohlarni ko‘proq qiziqtirayotgan Arnasoy, Baxmal, Mirzacho‘l, G‘allaorol, Zomin, Sh.Rashidov hamda Forish tumanlarida joylashtirish vositalariga bo‘lgan talabni to‘laqonli qondirish maqsadida aholi orasida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda.

photo5397875831046515195.jpg

Xonadonma-xonadon yurilib, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartibi, imtiyozlari bo‘yicha tushuntirishlar natijasida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tumanlarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagini bildirgan 60dan ortiq tashabbuskor aniqlandi. Ayni vaqtda ularning ro‘yxati “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborildi. Ularni monitoring qilish mexanizmi joriy qilinmoqda.

4 192
O‘zA