Joriy yilning 7-17 fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahridagi “Istiqlol” muzeyida, “Oʻzbekistonga sayohat” nomli foto koʻrgazma tashkil etiladi.

Fotokoʻrgazma doirasida “Oʻzbekiston ulamolar yurti” nomli konferensiya ham boʻlib oʻtadi.

Fotokoʻrgazmada oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan indoneziyalik sayyohlar olgan fotosuratlar orqali saralangan 100 tasi namoyish etiladi. Koʻrgazmada universitet professorlari, talabalar va sayyohlarning shaxsiy fotoarxividagi rasmlarni ham uchratish mumkin. Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini Indoneziyada keng targʻib etish, ikki davlat oʻrtasida turizmini rivojlantirish, turizm sohasiga xorijiy investorlarni jalb etish va Oʻzbekistonni dunyodagi ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida namoyon etishdan iboratdir.

a4ada8d2-f0c8-4eb0-89ad-4f911e48a888.jpg

Eslatib oʻtamiz, fotokoʻrgazmada namoyish etiladigan fotosuratlar www.visituzbekistan.id sayti orqali ham eʼlon qilinadi.

Tadbir Turizmini rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Indoneziyadagi Oʻzbekiston turizm elchisi professor Eko Shri Margianti hamda “Istiqlol” muzeyida maʼmuriyati bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Shuningdek, foto koʻrgazmada tashrif buyuruvchilarga joriy yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda boʻlib oʻtadigan Ziyorat-turizmi boʻyicha birinchi xalqaro forum haqida keng maʼlumot berib oʻtish ham rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: yurtimiz boʻylab sayohat qilishga qiziqayotgan sayyohlar uchun aniq, sifatli hamda qiziqarli maʼlumot tayyorlab berish yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan koʻplab chet el OAVlari, turizm sohasini yorituvchi bosma va internet nashrlari bilan yaqin hamkorlik loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.

Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jakartada “Oʻzbekistonga sayohat” nomli fotokoʻrgazma tashkil etiladi.