Toshkentda 5-oktabr kuni “Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan mazkur forumda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Hindiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Latviya kabi 30 dan ortiq mamlakatdan yuzdan ziyod sayyohlik kompaniya va firmalari vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilgi Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ham o‘zaro foydali muloqotlar va manfaatli kelishuvlarga boy bo‘ldi. Unda mamlakatimiz hududlarining rang-barang an’ana va udumlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari namunalari namoyish etildi. Ishtirokchilar ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan taqdimotlar va ko‘rgazmali chiqishlar orqali yurtimizning turizm salohiyati, xalqimizning betakror madaniyati bilan tanishdi. Turizmning ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy kabi yangi turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berildi.

“Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik yarmarkasi yakunlandi

– Sayyohlik sohasi dunyo miqyosida jadal rivojlanmoqda, – dedi Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi maslahatchisi Jesim Chelebi. – Bu nafaqat mamlakatlar moliyaviy barqarorligi, balki xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, tabiat va inson o‘rtasidagi mushtaraklikni saqlash kafolatidir. O‘zbekiston betakror diyor. Qadimiy shaharlaringizdagi noyob madaniy-ma’naviy meros yurtingizda turizmni har tomonlama rivojlantirish imkonini bermoqda. Yarmarkada butun dunyodan soha vakillarining ishtirok etgani mamlakatingizning sayyohlik salohiyati ortib borayotganidan dalolat. Bu xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘ladi.

Tadbirda mehmonxona va restoranlar, muzeylar, sug‘urta kompaniyalari, transport-logistika tarmoqlari, dam olish maskanlari vakillari o‘z xizmatlarini taqdim etdi. Me’moriy obidalarimiz aks etgan eksponatlar, xalq hunarmandligi buyumlari tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

– O‘zbekiston haqida ilgari eshitgan bo‘lsam-da, mamlakatingiz to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega emasdim, – dedi “X Trans” sayyohlik kompaniyasi menejeri Devi Ismanto (Indoneziya). – Xalqaro turizm yarmarkasida davomida o‘zbek xalqining buyuk ma’naviyat sohibi ekaniga amin bo‘ldik. Hunarmandlar yasagan buyumlardagi naqshlar va ranglar jozibasi ko‘zni quvontiradi, ularda yuksak intellektual va ijodiy salohiyat namoyon. Yarmarka hamkorligimizda yangi sahifa ochdi. Yurtingizga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha poytaxtingizdagi beshta firma bilan shartnoma imzoladik.

Yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning sayyohlik salohiyati keng namoyish etildi. Sopol va chinni mahsulotlari, misgarlik buyumlarini tayyorlash, zardo‘zlik, kashtachilik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Milliy hunarmandlik buyumlari hamda liboslar namoyishi uyushtirildi.

“Davolash-sog‘lomlashtirish” bo‘limidan o‘rin olgan dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, mamlakatimizning tibbiyot turizmi sohasidagi imkoniyatlari xorijliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sog‘lomlashtirish maskanlarida tashxis qo‘yish va davolash, tabiiy yo‘l bilan salomatlikni tiklash borasida erishilayotgan tajribalar yuqori baholandi.

Anjuman doirasidagi “Hosted Buyers” (Professional xaridorlar) dasturi mamlakatimizda turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash, istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlarni jalb qilish imkonini beruvchi imtiyozlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

“Turizm sohasida interaktiv xizmatlar”, “Sayyohlik sohasidagi kompaniyalar integratsiyalashuvi” mavzularidagi taqdimotlar mahalliy va xorijiy sayyohlik tashkilotlarining hamkorlikdagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish istiqbollariga bag‘ishlandi.

Yarmarka so‘ngida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi taqdimoti, eng yaxshi stend, eng yaxshi xizmat, eng yaxshi dizayn, kompaniya va mehmonxona taqdimoti, tematik bo‘lim va turistik imkoniyatlar, sermahsul hamkorlik kabi qator yo‘nalishlardagi tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ