O‘zA muxbiri yarmarka ishtirokchilarining taassurotlari bilan qiziqdi.

Azim Samarqand, ko‘hna Buxoro, Amir Temurga beshik bo‘lgan Shahrisabz zamini, buyuk moziydan so‘zlovchi Xiva – bularning bari asrlar osha tillardan-tillarga doston bo‘lib, sayyohlaru xorijiy mehmonlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida davom etayotgan “Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi tashrif buyuruvchilar bilan gavjum. Yuzlab xorijiy mehmonlar mamlakatimizning turizm salohiyati, milliy hunarmandchilik namunalari bilan yaqindan tanishib, milliy kuy-qo‘shiq va laparlar, alyorlardan, urf-odat va insoniy kechinmalar haqida kuylovchi chanqovuz sadolaridan bahramand bo‘lishmoqda.

48.JPG

O‘zbek xalqi tabiatidagi mehr-oqibat va mehmondo‘stlik, shonli tarix va ma’naviyat sarchashmasi samarasida yaratilgan nodir osori-atiqalar, undagi murakkab va nafis naqshlar uyg‘unligi sayyohlar, xorijiy mehmonlarning hayrat va havasiga sabab bo‘lmoqda. Dunyoning turli mintaqalaridan ellikdan ziyod sayyohlik kompaniyasi hamda firmalari ishtirok etayotgan mazkur yarmarka ana shunday ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zaro hamkorlik aloqalariga boy tarzda o‘tmoqda.

68.JPG

Katya Chju, “Katyusha Tur” sayyohlik kompaniyasi bosh direktori (Singapur):

– O‘zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda, qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ana shunday yirik loyihalardan biridir. Bu xalqaro sayyohlik kompaniyalarini mamlakatga jalb qilish bilan birga, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan firma va tashkilotlar uchun jahon bozorida o‘z xizmatlarini namoyish etish imkonini ham bermoqda. O‘tgan yili yurtingizda o‘tkazilgan xalqaro yarmarkada birinchi bor ishtirok etib, katta to‘plamdagi shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo‘lgan edik. Bu faoliyatimizni yanada kengaytirish, xizmat turlarini sifat jihatdan yaxshilashga imkon berdi.

Bu yil ham yarmarkada faol qatnashishga harakat qilmoqdamiz. Anjuman doirasida xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlar namoyish etilayotganini yuqori baholaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sayyohlarning mamlakatingizda bo‘lishi uchun qulay imkoniyatlarni tuhfa etgani bilan alohida ahamiyatga ega. Bunday sa’y-harakatlar O‘zbekistonga sayyohlar oqimining ortishiga va mamlakatning sayyohlik sohasidagi jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ahmed Elgendi, Misr Arab Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi turizm ofisi rahbari:

– O‘zbekistonni Misrda tarix va zamonaviylik aks etgan mamlakat sifatida bilishadi. Yurtingizda ulug‘ allomalar yetishib chiqqani tarixdan ma’lum. Bu zaminning o‘ziga xos tabiati, noyob flora va faunasi, tarixiy obidalarini dunyoning boshqa mintaqalarida uchratmaysiz. Shu bois yurtingizga sayohat qilishni xohlaydiganlar ko‘p. Xalqaro sayyohlik yarmarkasining muntazam o‘tkazib kelinayotgani jahonda O‘zbekiston brendini ommalashtirishda katta o‘rin tutmoqda.

Bu yilgi tadbir ham yuqori saviyada tashkil etilgan. Unda dunyoning ko‘plab davlatlaridan turistik tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgani ayni muddao. O‘zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyatini namoyon etayotgan mazkur anjuman nafaqat iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga, balki turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga ham zamin yaratadi.

Ayxan Sultonov, “Khazar Travel” sayyohlik kompaniyasi menejeri (Ozarbayjon):

– O‘zbekistonda turizm sanoati yil sayin takomillashib, sayyohlik kompaniyalari faoliyati uchun katta qulayliklar yaratilmoqda. Ushbu yarmarka o‘zaro manfaatli aloqalarimizni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Yarmarka doirasida tarixiy, madaniy, tabiat hamda sog‘lomlashtirish kabi sayyohlik yo‘nalishlariga oid xizmatlarimiz bilan qatnashmoqdamiz. Ikki kun davomida o‘ttizga yaqin kompaniya va firmalar bilan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishga erishdik. Logistika-transport tarmog‘ida yaratilayotgan qulayliklar bizga ma’qul keldi.

Nazira Mamadaliyeva, “Andijon Turist” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘lim boshlig‘i:

– Mamlakatimizning barcha hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sayyohlik operatorlari ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tushadigan xorijiy valyutadagi mablag‘ni majburiy sotishdan ozod qilingan. Bu esa faoliyatimizni yanada rivojlantirish, shu bilan birga, bo‘sh ish o‘rinlari yaratish imkonini bermoqda.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan olis hududlarda mehmonxona, dam olish maskanlarining ishga tushirilayotgani bugun davlatimiz tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. “Andijon Turist” sayyohlik firmasi ichki turizmni ommalashtirish maqsadida transport va mehmonxona taqdim qilish, tarjimonlik kabi xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan. Joriy yilning birinchi yarmida uch yuzdan ziyod sayyohga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga erishdik.

Xorijiy kompaniyalar bilan manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yib, faoliyatimizni yanada kengaytirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Yarmarka doirasida Hindiston, Latviya, Turkiya sayyohlik kompaniyalari hamda qirqqa yaqin mahalliy firmalar bilan shartnoma tuzdik.

Mahbuba Aliyeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro turizm fakulteti dotsenti:

– Mamlakatimizda turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator dastur va loyihalar ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Mehmonxona ishi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi, gid-tarjimon kabi qator yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanmoqda. Ushbu yarmarka mamlakatimizning o‘ziga xos sayyohlik salohiyatini keng namoyish etish, bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy davlatlardagi ilg‘or ta’lim muassasalari bilan talabalar almashinuvini faollashtirish, ularning amaliyot o‘tashini tashkil etish imkonini taqdim etmoqda.

Universitetimiz yarmarkadagi ishtiroki davomida o‘ndan ziyod ana shunday shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday xalqaro tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi sayyohlik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish, sayyohlik va mehmonxona menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or tajribani ommalashtirish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi davom etmoqda