O‘zA O`zbek

15.03.2019 Chop etish versiyasi

Info-tur ishtirokchilari Ulli hovlida bo‘lishdi

Info-tur ishtirokchilari Ulli hovlida bo‘lishdi

Avval xabar berganimizdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan OAV vakillari uchun info-tur tashkil etildi. 

Ayni paytda info-tur ishtirokchilari Xorazm viloyatida. 

Viloyat mutasaddilari hamrohligida info-tur ishtirokchilari Urganch tumanida joylashgan Ulli hovli majmuasida bo‘lib, u yerdagi mahalliy hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari bilan tanishdi.

photo5215446115896371884.jpg

Sumalak sayli va Navro‘z bayrami tantanalari, non yopish, tuxum barak taomini tayyorlash marosimlarini tomosha qildi.

Muborak Ulli Hovli majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi.

– Ulla hovli majmuasi doimo mahalliy xalq uchun ham, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun ham katta ahamiyatga ega, – deydi Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti diretori vazifasini bajaruvchi Azizbek Polvonov. – Viloyatimizga har yili ko‘plab sayyohlar kelishadi. Viloyatimiz qadriyatlar bo‘yicha ham, turistik salohiyati bo‘yicha ham boshqa hududlardan ajralib turadi.

Xorazmning qadimiy majmuasi – Ulli hovli 1120 yili bunyod etilgan.

Qal’aning loy hamda g‘ishtdan iborat devorlari issiq kunda salqinlikni saqlab turishga xizmat qiladi.

Devorlari murakkab bo‘lmagan bosma hoshiyalar yoki devorning somonli loydan iborat ustki qismi bo‘ylab, geometrik chiziqlar bilan bezatilgan.

photo5215446115896371886.jpg

Majmuada mavjud fotogaleriya Xiva xonligi hududlarida yashagan ba’zi turkmanlarning hayot tarzi va tasavvurini ifodalaydi.Fotosuratlar turkmanlar hayotining muayyan qismlarini aks ettiradi, turkman ayollari va erkaklarining xarakterli qiyofasini namoyish etadi.

Majmuada qadimiy o‘tovlar, hovlilar, turkman madaniyati namunalari, turli osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on hozirga qadar saqlanib qolgan. Majmuaga tashrif buyurgan sayyoh go‘yo o‘zbek-turkman xalqlarining o‘zaro do‘stona muhiti aks etgan davrga tushib qolgandek his qiladi.

Bebaho tarixiy obidalarimizdan biri bo‘lgan ushbu majmuani yurtimizda faoliyat olib borayotgan sayyohlik tashkilotlariga ko‘rsatish, keng targ‘ib qilish mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini oshishiga xizmat qiladi. 

photo5215446115896371887.jpg

Xiva shahriga har yili minglab sayyohlar tashrif buyuradi. Sayyohlar sonining yildan-yilga oshib borishi soha rivojidagi amalga oshirilishi nazarda tutiladigan ishlar rivojini yanada oshirish va takomillashtirishni talab qiladi.

Sayyohlar uchun Ichan Qal’a hududida ishga tushirilgan ma’lumotlar markazi aviachiptalar, temir yo‘l biletlari narxlari va ularni band qilish, mehmonxonalar haqida to‘liq ma’lumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, gid ekskursovod xizmatlarini amalga oshirishda ko‘maklashmoqda.

2 675
Muhayyo Toshqoraeva, O‘zA