O‘zA O`zbek

29.04.2019 21:02:59 Chop etish versiyasi

Germaniyaning ”SONNENKLAR.TV” telekanalida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati targʻib qilinmoqda


Germaniya hamda Yevropa Ittifoqining yetakchi sayyohlik kanallaridan biri “SONNENKLAR.TV” Oʻzbekistonga sayohatni targʻib qilishni boshladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha 2019 yil oxiriga qadar Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari aholisiga Oʻzbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, boy tarixi, qadim va navqiron shaharlari, goʻzal tabiati haqida axborot berishni koʻzda tutadi.

“SONNENKLAR.TV” telekanali 41 millionga yaqin onlayn auditoriyaga ega.

Eʼtiborlisi shundaki, Oʻzbekiston haqida dastlabki targʻibot materiali chiqishi bilan 16 kishi yurtimizga kelish uchun toʻlovni amalga oshirgan.

photo_2019-04-29_16-23-01.jpg

photo_2019-04-29_16-44-14.jpg