O‘zA O`zbek

16.06.2020 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Nanay qishlogʻining turistik salohiyati yuksalmoqda

Fotoreportaj: Nanay qishlogʻining turistik salohiyati yuksalmoqda
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanining Nanay qishlogʻi ichki turizm yoʻnalishida katta salohiyatga ega. Bu yerdagi dam olish maskanlari nafaqat ayni yoz faslida, balki kuz-qish mavsumida ham birdek mehmonlarni qabul qiladi.

Ushbu qishloqning “Soyboʻyi” mahallasida shu kunlarda “Diyor” MCHJ tomonidan yana bir dam olish maskani barpo etilmoqda. Uning umumiy yer maydoni 5 gektar boʻlib, bu yerda ikkita 2 kishilik, 9 ta 4 kishilik kempinglar, shuningdek, 7 ta ikki qavatli kottejlar qurilmoqda.

photo_2020-06-15_20-50-23.jpg

photo_2020-06-15_20-50-31.jpg

photo_2020-06-15_20-50-34.jpg

Umumiy qiymati 15 milliard soʻmga teng ushbu loyiha amalga oshgach, bu yerda yil davomida 12 ming kishi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Qolaversa, togʻ yon bagʻrida joylashgan maskanda bronxial astma va boshqa kasalliklarni tabiiy davolash imkoni yaratiladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Nanay qishlogʻida boʻlib, hududda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu joytadbirkorlar saʼy-harakati bilan goʻzal maskanga aylangani, qisqa muddatda 40 ta mehmon uyi tashkil etilganini qayd etdi. Bu yoʻnalishdagi ishlarni jadallik bilan davom ettirish, davlat roʻyxatidan oʻtgan mehmon uylari sonini koʻpaytirish yuzasidan mutasaddilarga zarur koʻrsatmalar berdi.

52 693
Hotam MAMADALIYEV(surat) OʻzA