O‘zA O`zbek

21.03.2019 Chop etish versiyasi

Eron, JAR va Gonkong fuqarolari uchun viza tartibi soddalashtirildi

Eron, JAR va Gonkong fuqarolari uchun viza tartibi soddalashtirildi

Joriy yilning 19 mart kunidan Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Eron Islom Respublikasi (EIR) va Gonkong fuqarolari Oʻzbekistonga kirish uchun elektron viza olish huquqiga ega boʻldi.

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk xarid qilgan bu uch davlat fuqarolari mamlakat hududida yashash huquqini qoʻlga kiritishi belgilab berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 2019 yilning 19 martidan Xalqaro munosabatlar rivoji, mamlakat turizm sohasi rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi investitsion iqlimni yaxshilash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu mamlakatlar roʻyxatiga, shuningdek, Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy mintaqasi ham kiritildi.

Mazkur Farmon bilan Eron, JAR va Gonkong fuqarolari Oʻzbekistonda koʻchmas mulk xarid qilish sharti bilan mamlakatda yashash huquqiga ega boʻlishadi.

Bunday chora-tadbirlar yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar oqimini oshishiga, shuningdek, jahon mamlakatlarini Oʻzbekiston bilan madaniy, ilmiy, savdo-sotiq va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi aloqalarini rivojlanishiga hamda jahon hamjamiyatida yurtimiz imidjini yanada oshishiga yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasida yashashni istagan xorij fuqarolari hududlar kesimida quyidagi qiymatdagi koʻchmas mulk obyektini xarid qilishlari kerak boʻladi:

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida 400 ming AQSH dollaridan;
Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 200 ming AQSH dollaridan;
boshqa viloyatlarda 100 ming AQSH dollaridan.

2 979
OʻzA