O‘zA O`zbek

08.05.2019 Chop etish versiyasi

Epitasio TONGOHAN: “Amir Temur yurtini kelib ko‘rish faxr”

Epitasio TONGOHAN: “Amir Temur yurtini kelib ko‘rish faxr”

“Pentasi B” xalqaro adabiy tashkiloti prezidenti Qarshidagi festivalda ishtirok etmoqda.

– Jahonga mashhur sarkarda Amir Temur tug‘ilib o‘sgan shaharda bo‘lim hozirdanoq ko‘nglimda faxr hissini uyg‘otmoqda. Tashkilotchilar, aeroport xodimlari va hatto taksi haydovchilarigacha mehribonlik ko‘rsatdi. Kishilarning madaniyati, san’at namunalarini avaylab-asrashga bo‘lgan intilishi meni hayratga soldi. 

Abdulla Oripovning bir necha she’rlari bilan yaqindan tanishman. Uning ijodi jahon miqyosida targ‘ib etilishga munosib. 

2 098
O‘zA