O‘zA O`zbek

23.02.2019 Chop etish versiyasi

Dunyoning antiqa qonunlari

Dunyoning antiqa qonunlari

Bir necha yil avval qabul qilingan ayrim qonunlar nafaqat oʻzlarining ahamiyatini yoʻqotibgina qolmay, balki tabassum va hayratga ham sabab boʻlmoqda. Biz kulgili deb bilgan boʻlsak-da, juda jiddiy qamoq jazosiga tahdid soladigan dunyoning eng qiziqarli qonunlarini toʻplab sizga ilindik. 

Agar siz ushbu mamlakatlardan biriga sayohat qilishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, mahalliy qonunlar bilan tanishishingizni maslahat beramiz. Shunda har qanday tushunmovchilik yuzaga kelganda noqulay holatga tushmaysiz. Zero, qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Florida, Amerika Qoʻshma Shtatlari

Ushbu shaharning barcha binolarida kirish eshiklari faqat tashqariga ochiladi. Mazkur qonun odamlar yongʻinda qochib ketishini osonlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Bundan tashqari, ushbu shaharda uy bekalari kuniga uchta tarelka (yoki toʻrtta krujka)dan ortiq idish sindirishlari taqiqlanadi. Ehtimol, bu oshxona idishlarini isrof qilmaslik uchun qabul qilingandir.

Fransiya

Ushbu mamlakat hududida juda ajoyib qonun qoʻllaniladi. Choʻchqa boquvchilar hech qanday holatda oz choʻchqalariga “Napoleon” laqabini berishi mumkin emas, aks holda ular jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.

BAA

Bu davlatda odamlar va hayvonlarni suratga olish taqiqlanadi. Agar siz biron-bir tarzda bu qonunni tasodifan buzgan boʻlsangiz (masalan, qirgʻoqning chiroyli rasmini yaratishga harakat qilsangiz), siz darhol rasmni ochirishingiz lozim, yoqsa kimningdir shaxsiy hayotiga tajovuz qilishda ayblanib hibsga olinishingiz mumkin.

Agar siz Sharjada boʻlsangiz, koʻchaga jozibali kiyimlarda chiqishdan oldin bir necha marta oʻylab koʻring. Aslida, kiyim-kechak normalariga (nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar ham) bu yerda jiddiy amal qilinadi va politsiya xodimi mazkur norma buzilgan deb hisoblasa, sizni kiyim almashtirishga majbur qilishi mumkin. Agar rad etsangiz sizni hibsga olishga yoki jarimaga tortishga haqli.

Singapur

Bu davlatda tozalikka shu qadar eʼtibor berishadiki, agar siz koʻchaga axlatni tashlamaslik qoidasini uch marta buzsangiz, har yakshanba kuni “men shaharni iflosladim” yozuvini taqqan holda shahar boʻylab yubka yuvishingiz kerak boʻladi.

Tailand

Tailand qonunchiligiga koʻra, bu mamlakatda pulni oyoq bilan bosish rasman taqiqlangan. Bir qarashda bu chora toʻliq maʼnosiz, ammo baʼzi tafsilotlar vaziyatni oydinlashtiradi. Aslida, Tailandning pullarida davlat rahbari tasvirlangan. Shu sababli bu holat davlat rahbarini obroʻsizlantirish deb baholanadi.

Filippin

Filippinda avtomobil bilan mamlakat boʻylab sayohat qilishda juda ehtiyot boʻlishingiz kerak. Katta shaharlarning yoʻllarini toʻsib qoʻyish uchun ular maxsus meʼyorga ega, ular megapolislarning markaziy hududlariga kirish huquqini cheklaydi.

Mahalliy qonunlarga koʻra, avtomobilining raqami 1 yoki 2 soni bilan yakunlanadigan avtomobil egalari haftaning dushanba kunlari yoʻllarda yurishga ruxsat etilmaydi. 3 va 4 soni bilan yakunlangan boʻlsa seshanba kunlari, 5 va 6 chorshanba, 7 va 8 payshanba, 9 va 0 soni bilan yakunlanadiganlar juma kunlari safar qilishlari mumkin emas. Dam olish kunlarida barcha transport vositalariga ruxsat beriladi.

Albatta, biz qisqagina maqolamiz doirasida dunyoning barcha gʻayritabiiy qonunlari haqida gapirishga ulgurmadik, shuning uchun oʻzingiz klaviatura va sichqonchani bosib, qidiruvga oʻting. Oʻzingizga qanday gʻayritabiiy qonunlarni topa olishingiz mumkin? Olgʻa!

53 347
I.Qahhorova, OʻzA