O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylari!

Xonimlar va janoblar!

Barchangizni BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi majlisida qatnashayotganingiz bilan qutlash menga katta sharaf bag‘ishlaydi.

Prezident Janobi Oliylari, sessiyamiz ishida ishtirok etganingiz uchun Sizga samimiy tashakkur izhor etaman. Bu Sizning O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan turizm sohasini shaxsan qo‘llab-quvvatlayotganingizdan dalolat beradi.

Jahon sayyohlik tashkilotiga a’zo barcha davlatlar va uning Ijroiya kengashi nomidan forum yuksak saviyada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Samarqand shahri va aholisiga ham samimiy mehmondo‘stlik va bugungi tadbirni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘rsatgan yordami uchun chin ko‘ngildan tashakkur aytaman.

Salkam 3 ming yillik tarixga ega va dunyo tamadduni beshiklaridan biri bo‘lgan qadimiy va ulug‘vor Samarqand shahrida yig‘ilganimizdan barchamiz g‘oyat mamnunmiz.

Samarqand – bu asrlar jilosini mujassam etgan va o‘zining betakror qiyofasi va noyobligini saqlab kelayotgan zamonaviy shahardir.

Bu bugun biz jam bo‘lib turgan, sharqona shaharsozlikning ko‘p asrlik an’analari va zamonaviy arxitektura namunalarini uyg‘unlashtirgan ushbu mahobatli majmuada ham o‘z ifodasini topgan.

Ushbu afsonaviy shaharga maftun bo‘lgan shoir dunyoda gar jannat bo‘lsa, u shubhasiz Samarqanddir, deb ta’riflagan.

O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani bu yerda turizm sohasini keng rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi, buning samarasida 2013-yilda ushbu saxovatli zaminga 2 milliondan ziyod sayyoh keldi. Bu 2010-yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘pdir.

Bu bejiz emas. O‘zbekiston hududida 7 mingdan ortiq tarixiy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon, Termiz shaharlari va ko‘plab obidalar shular jumlasidandir.

Shu yilning may oyida Samarqandda O‘rta asrlarda Sharqda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlar ilmiy merosining zamonaviy sivilizatsiyaga ta’siri masalasiga bag‘ishlangan va jahon hamjamiyati diqqat-e’tiborini tortgan nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kecha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurib, u yerda O‘zbekiston yoshlari ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida bilim olayotganiga guvoh bo‘ldim. Ular kelajakda o‘z mamlakati, uning ravnaqi, boy tarixi va madaniy merosini asrab-avaylash va yanada boyitishga xizmat qiladi. Ingliz, nemis, fransuz, arab, italyan va boshqa tillarda erkin so‘zlasha oladigan bu yoshlar O‘zbekistonning kelajagidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlagan turizm infratuzilmasini takomillashtirish muhimligi haqidagi fikrga men to‘la qo‘shilaman. Zamonaviy aeroportlar va temir yo‘l kommunikatsiyalari, mehmonxona va restoranlar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, shubhasiz, O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini oshiradi.

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Bugungi majlis ishtirokchilarining aksariyati Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanadigan elektr poyezdidan foydalandi. Bu poyezd turizmni rivojlantirishga ham yordam berishi muqarrar.

Evropa tarixida muhim o‘rin tutgan Renessans, ya’ni, Uyg‘onish davri aslida mana shu zaminda ancha ilgari boshlanganini ta’kidlamoqchiman va zamonaviy madaniyat hamda sivilizatsiya aynan shu mintaqada paydo bo‘lgan, deb ishonch bilan aytish mumkin.

Turizmni rivojlantirish katta mas’uliyat talab etadi. O‘zining tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylab kelayotgan O‘zbekistonda umumbashariy boylik hisoblangan noyob tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish va qayta tiklashga katta miqdorda mablag‘ yo‘naltirilayotgani quvonarli holdir.

Ayni paytda Buyuk ipak yo‘li mashhur brendga aylandi va bepoyon Osiyo mintaqasi, jumladan, O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashning asosiy tashabbuskorlaridan biridir. Yigirma yil avval aynan shu shaharda dunyoning 19 davlati vakillari ushbu tarixiy yo‘lda sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilgan edi.

Buyuk ipak yo‘lini dunyodagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha bugun 31 mamlakatni birlashtirganini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman.

Ijroiya kengashning avvalgi sessiyasida 2013-yilda jahonda turizmni rivojlantirish borasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgani qayd etilgan edi. Bu xalqaro tashishlar va eksport tushumlari hajmining 5 foizini tashkil etdi.

Bu bizning umumiy ishonchimizni yanada mustahkamlaydi. “YuNVTO jahon sayyohlik barometri”ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida xalqaro sayohatlar 4,6 foizga o‘sgan.

Bu borada erishilgan yutuqlar shundan dalolat beradiki, turizm so‘nggi yillarda ijobiy o‘sish sur’atlarini mustahkamlab, butun dunyo iqtisodiy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Geosiyosiy va iqtisodiy tahdidlarga qaramasdan, 2010-yildan buyon xalqaro sayohatlar soni yiliga o‘rtacha 5 foizga oshmoqda. Bu tendensiya iqtisodiy rivojlanishga, shuningdek, eksport hajmi va ish o‘rinlarining ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Turizm bugungi kunda muhim ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillardan biriga aylandi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida umumiy daromad hajmi trillionlab dollarni tashkil etmoqda, har yili butun dunyoda bir milliarddan ziyod kishi sayohat qilmoqda.

Jahon yalpi mahsulotida turizmning ulushi 9 foizni tashkil etmoqda, yangi tashkil etilayotgan har 11 ish o‘rnining bittasi ushbu sohaga to‘g‘ri kelmoqda.

Millionlab mehmonxona va do‘kon egalari, oshpazlar, hunarmand va ekskursovodlar turizmni jadal rivojlantirish, uning yanada ommaviylashishiga yordam bermoqda.

Shu o‘rinda turizm rivoji mamlakatlar va xalqlarning madaniy qadriyatlariga zarar yetkazmasligi lozimligini ta’kidlash darkor. Ko‘p tarmoqli turizm sanoatini rivojlantirish mas’uliyatini o‘z zimmamizga olishimiz shart.

Hurmatli forum qatnashchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga va O‘zbekiston xalqiga turizmni iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikni, hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim vosita sifatida rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etishga ruxsat bergaysizlar.

Biz O‘zbekistonda amalga oshirilgan buyuk o‘zgarishlar guvohi bo‘ldik. Turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgan Prezident Islom Karimovning oqilona va uzoqni ko‘zlagan siyosati tufayli O‘zbekiston turizmni rivojlantirishning asosiy markazlaridan biri bo‘lishiga ishonamiz.

Shu zaminda tug‘ilib voyaga yetgan buyuk insonlar bashariyat sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Algebra asoschisi Xorazmiy, faylasuf Forobiy yoki ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmiga asos solgan Abu Ali ibn Sino kabi buyuk alloma va mutafakkirlarni butun dunyo yaxshi biladi.

Forum samarali o‘tishiga qat’iy ishonaman. YuNVTO Ijroiya kengashining go‘zal va betakror Samarqand shahrida o‘tayotgan 99-sessiyasi ishiga muvaffaqiyat tilayman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Taleb Rifaining YuNVTO Ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi