O‘zA O`zbek

19.02.2019 20:00:04 Chop etish versiyasi

Birinchi xalqaro Ziyorat turizmi forumini jahondagi yetakchi OAV yoritib boradi


Joriy yilning 21 - 23 fevral kunlari Buxoro va Samarqandda ziyorat turizmi boʻyicha birinchi Xalqaro Forum boʻlib oʻtadi. Unda islom dunyosidagi muhim xalqaro tashkilotlar, ixtisoslashgan tashkilotlar, universitetlar, din ulamolari, ilmiy - akademik doiralar, ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik kompaniyalari ishtirok etishadi.

Rejalashtirilgan tadbir haqidagi xabar jahon hamjamiyatida keng shov-shuvga sabab boʻldi. Forumni yoritish uchun Yevropa va Osiyoning yirik telekanallari – “Euronews” (Fransiya) va Al Jazera (Qatar), “Al-Ahram al-Iqtisadi” (Misr) jurnali va “Diplomatic News” (Pokiston), “Kommersant” (Rossiya), “Al-Vajxat” (Ummon) va Al Hayat (Saudiya) gazetalari vakillari tashrif buyurishadi.

MAʼLUMOT UCHUN. “Euronews” – sakkiz tilda dunyoda boʻlayotgan voqea hodisalarning videolavhalarini birlashtiruvchi ommaviy axborot vositasi hisoblanib, Yevropaning 24 soat davomiylikda faoliyat olib boradigan yetakchi axborot kanalidir.

1993 yilda asos solingan telekanal Yevropa nuqtai nazari boʻyicha dolzarb boʻlgan dunyo voqealarini tezkorlik bilan yoritib boradi. Kabel, sunʼiy yoʻldosh hamda efirli uzatish orqali “Euronews” dunyoning 130 mamlakatida 199 milliondan ortiq xonadonlarni qamrab oladi.