O‘zA O`zbek

22.02.2019 Chop etish versiyasi

Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumida bir nechta memorandum imzolandi

Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumida bir nechta memorandum imzolandi

Kashf etish, targʻib qilish va oʻrganish anjumani, deya eʼtirof etilgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi doirasida “Oʻzbekistonni ziyorat-turizmining markazlaridan biri sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisida“gi Buxoro deklaratsiyasi imzolandi. 

Shuningdek, bir qator Memorandumlar imzolandi. Turizm qoʻmitasi qoshidagi “Milliy PR-markaz” hamda “Global Muslim Traveler Index” doirasida “MATTA” (Malaziya), “Crescent Rating” (Singapur) assotsiatsiyalari, Jakarta targʻibot fondi (Indoneziya) oʻrtasida tuzilgan Memorandum shular sirasidandir. 

Bu esa kelgusida davlatlar oʻrtasida turizm xususan, ziyorat turizmini yuksalishga xizmat qiladi. 

37.jpg

Aynan turizm rivojlangan maskanlarda madaniy meros obyektlarini saqlash, taʼmirlash, bunda esa uni asl holicha kelgusi avlodlarga yetkazishdagi ishlar muntazamlik kasb etadi. Kelgusida hududlardagi hozirga qadar oʻrganilmasdan qolgan muqaddas qadamjolarni izlab topish, koʻlyozmalar fondidagi muhim maʼlumotlarni izlash, oʻqish turizm yuksalishi yoʻlidagi eng muhim maqsadlardan biri boʻladi. 

Forum ertaga Samarqandda davom etadi. 

3 673
Sayyora Shoyeva, OʻzA