O‘zA O`zbek

30.12.2017 22:31 Chop etish versiyasi

Bayram kunlari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyotlarida uchish 50 foizgacha arzonlashadi

Bayram kunlari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyotlarida uchish 50 foizgacha arzonlashadi
Mamlakat tarixida ilk marotaba Prezident Farmoni bilan Yangi yilda besh kunlik uzluksiz dam olish kunlari belgilandi.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bayram kunlarida oʻzbekistonliklar mamlakat boʻylab sayohat qilishlari, Buyuk Ipak yoʻli shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishlari uchun mahalliy yoʻnalishlarda 50 foizgacha chegirmalarni kiritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan MAKning respublika ichidagi barcha qatnovlariga 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:
• 40 foiz  – sayyohlik guruhlari uchun (5 va undan ortiq kishi), 6 dan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar; litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun;
• 50 foiz – oilalar uchun (2 va undan ortiq kishi), bolalari bilan uchadigan ota-onalar uchun.


O‘zA
15 654