Muhtaram janob Taleb Rifai!

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Xonimlar va janoblar!

Siz, muhtaram mehmonlarimizni – Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi rahbarlari va a’zolarini, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralar, sayyohlik tashkilotlari boshliqlarini, olimlar va mutaxassislar, jahon turizm sanoati vakillarini qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirish, Ijroiya kengashning 99-sessiyasiga samarali va muvaffaqiyatli ish olib borishni tilash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Avvalambor, O‘zbekiston Prezidentini mana shunday qarsaklar bilan, ochiq yuz bilan, ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganingiz uchun sizlarga katta rahmat aytmoqchiman. Bunga javoban men ham sizlarni aynan Samarqandda, O‘zbekistonda ko‘rib turganimdan chin dildan xursand ekanimni yana bir bor ta’kidlamoqchiman.

Sizlar bizning zaminimizga tashrifingizdan mamnun va rozi bo‘lsangiz – bu mening eng katta tilagim, desam, ayni ko‘nglimdagi gapni aytgan bo‘laman.

Bugun bu zalda 150 dan ortiq turizm sanoati vakillari hozir bo‘lganidan xabardorman. Bu anjumanda, shuningdek, bizning do‘stlarimiz – O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatlar ham ishtirok etmoqda. Ular bizning mehmonlarimiz bilan birgalikda barcha muhim anjuman va tantanali marosimlarimizda doimo qatnashib kelishadi.

Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi janob Taleb Rifai va kengashning barcha a’zolariga mazkur kengashning navbatdagi sessiyasi majlisi o‘tkaziladigan joy sifatida turli madaniyatlar chorrahasi va jahon sivilizatsiyasi durdonasi bo‘lmish qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrini tanlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Samarqand shahrining tarixiy ahamiyati, uning beqiyos go‘zalligi haqida albatta ko‘p gapirish mumkin.

Salkam uch ming yillik g‘oyat boy tarixga ega bo‘lgan bu azim shahar o‘zining ulug‘vor me’moriy yodgorliklari, moviy gumbazlari, betakror sharqona qiyofasi va ruhi bilan sayohatchilar, turistlar va mehmonlar e’tiborini tortib keladi.

Bu dilbar shahar har qanday insonni o‘ziga maftun etadi. Uni bir bor ko‘rgan odam hech qachon esidan chiqarmaydi.

Yaqinda Amerikaning xalqaro doiralarda tan olingan va katta nufuzga ega bo‘lgan “Xaffington post” internet nashri Samarqandni inson o‘z umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishi albatta zarur bo‘lgan dunyodagi 50 ta shaharning biri sifatida e’tirof etdi va ana shu shaharlar ro‘yxatiga kiritdi.

O‘zida eng qadimgi davrlar va bugungi hayotni uzviy ravishda uyg‘unlashtirgan ushbu shaharda tug‘ilib voyaga yetgan inson sifatida siz, aziz mehmonlarimizni mana shu mehmondo‘st zaminda ko‘rish va butun Samarqand ahli nomidan, shaxsan o‘z nomimdan «Samarqandga xush kelibsiz!» deb aytish menga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Qadrli do‘stlar!

Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining bugungi sessiyasi majlisining asosiy kun tartibi g‘oyat muhim masalaga – «Buyuk ipak yo‘li – xalqaro turizmni rivojlantirishning yangi istiqbollari» mavzusiga bag‘ishlangan.

Turizm qadim zamonlardan boshlab sayyoramiz xalqlari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Odamlar yangi o‘lkalarni kashf etish, dunyoni ko‘rish va bilish, savdo-sotiqni rivojlantirish, madaniy va diplomatik aloqalarni o‘rnatish maqsadida sayohatga chiqqanlar. Savdo karvonlari yo‘llari kesishgan, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashgani uchun Markaziy Osiyo mintaqasi bu jarayonda muhim o‘rin tutgan.

Nufuzli olimlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston davlatchiligining shakllanish tarixi miloddan avvalgi ikki minginchi yillardan boshlangan va 3,5 ming yildan ziyod davrni qamrab oladi. Ko‘hna Rim va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‘rta asrlar ilm-fani, san’ati va madaniyatining yirik markazlari sifatida dunyoga dong taratgan va YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari bo‘lib kelgan.

Shu o‘rinda biz keyingi yillarda jahon hamjamiyati bilan birgalikda Samarqand shahrining 2750-yilligini, Shahrisabzning 2700-yilligini, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500-yilligini, Toshkent shahrining 2200-yilligini keng nishonlaganimizni aytib o‘tish joizdir.

Qadimiy madaniyatlar beshigi bo‘lgan bu shaharlarda ilk va keyingi o‘rta asrlardayoq ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalari, hunarmandlik va savdo-sotiq keng rivojlangan, muhtasham saroylar, masjid va madrasalar barpo etilgan. Bunday go‘zal shaharlarni bunyod etish uchun nafaqat mohir usta va quruvchilar, balki matematika, astronomiya, fizika, arxitektura, geometriya, geodeziya, seysmologiya va kimyo kabi fundamental fanlarni chuqur biladigan olimlarning bilim va tajribasi ham kerak bo‘lgan.

Jahon tarixidagi eng muhim madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘ta noyob hodisa – Buyuk ipak yo‘li aynan ana shu shaharlar va madaniyatlar markazlari orqali o‘tgan. Miloddan oldingi III-II ming yilliklardayoq vujudga kelgan kommunikatsiya tarmoqlari Mesopotamiya tekisliklaridan Hind vodiysigacha, O‘rta Osiyo vohalaridan Arab dengizigacha cho‘zilgan bepoyon O‘rta Sharq mintaqasidagi bir-biridan juda uzoqdagi madaniyatlar va mamlakatlarni bog‘lagan. Keyinchalik ana shu hududlar Buyuk ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Savdo-sotiq aloqalarining kengayishi aholining ko‘chib yurishiga sabab bo‘lgan. Ular o‘zlari bilan birga me’morlik, madaniyat yodgorliklari, numizmatika va hunarmandlik mahsulotlarida aks etgan o‘z urf-odatlari va dunyoqarashini ham olib kelgan.

O‘sha zamonlarda eng yuqori daromad keltiradigan va sotish maqsadida uzoq masofalarga tashish uchun eng qulay tovar ipak bo‘lgan. Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li orqali yana ko‘plab boshqa tovar va buyumlar, jumladan, chinni, oyna, shisha, gilam, metall, qurol-yarog‘, turli taqinchoqlar, choy, ziravorlar, shuningdek, mashhur xitoy qog‘ozi tashilgan.

Xalqaro turizmning paydo bo‘lish va shakllanish tarixini tahlil qilar ekanmiz, savdo munosabatlarini o‘rnatish, dam olish va sayohat bilan bir qatorda, dunyo xalqlarining tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analarini o‘rganish, bilish va buning natijasida odamlar, elu elatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik fazilatlarini mustahkamlash ham turizmning muhim tarkibiy qismi bo‘lganiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Aynan ma’rifiy turizm bugungi kunda dunyoda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda va mening nazarimda, butun sayyohlik sohasining eng muhim qadriyatlaridan biriga aylanmoqda.

Bugun biz turizmning o‘rni haqida, ayniqsa, xalqaro sayyohlikning hozirgi bosqichdagi ahamiyati haqida gapirganda, eng dolzarb masalalardan biri – bu tolerantlik tamoyili bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman.

Biz aynan turizm orqali tolerantlik nima ekanini bilamiz, anglaymiz. Bu xalqaro tushuncha bo‘lib, dunyodagi barcha millatlarga birdek qadrli va tushunarlidir. Tolerantlik avvalambor turli millatga mansub insonlarning bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini va eng asosiysi bir-birini tushunishni anglatadi.

Bu ikki tushunchani ana shunday anglash qayerdaki turizm rivojlangan bo‘lsa – o‘sha yerda tolerantlik bor, deb aytishga imkon beradi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.

Bularning barchasi turli davrlarda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab o‘tgan mashhur sayohatchi va tadqiqotchilarning kundaliklarida o‘z ifodasini topgan. Bu insonlar turli millat vakillari bo‘lganlar, xususan, xitoylik Chjan Syan, italiyalik Marko Polo, ispaniyalik Klavixo, arabistonlik Ibn Fadlan va Ibn Battuta, amerikalik Pampelli, angliyalik Jenkinson, germaniyalik Shiltberger, fransiyalik Marten va Bonvalo, vengriyalik Vamberi, shvetsiyalik Xedin va shveytsariyalik Mayyar shular jumlasidandir. Ularning orasida turli kasb egalari – ziyoratchilar, missionerlar, savdogarlar, olimlar, diplomatlar, tadqiqotchi va adiblar bo‘lgan. Ularning har biri xalqaro turizmning paydo bo‘lish va shakllanish tarixiga salmoqli hissa qo‘shgan va buning uchun biz ulardan benihoya minnatdormiz.

Samarqand shahridagi devoriy rasmlarda O‘rta Osiyoga dunyoning turli o‘lkalaridan kelgan elchilar, savdogar va sayohatchilarning tashrifi o‘z aksini topgan. Bu noyob tarixiy asarda bundan 2,5 ming yildan ziyod avvalgi davrda Afrosiyob hukmdorining saroyida Xitoy, Koreya, Janubiy va Shimoliy Osiyo va boshqa davlatlarning elchilarini qabul qilish marosimlari tasvirlangan.

Shuning uchun ham 20-yil avval Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihaga a’zo mamlakatlarning Samarqand deklaratsiyasi aynan Samarqand shahrida qabul qilingani bejiz emas. Ushbu hujjatda 2-2,5 ming yil oldin O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning bepoyon mintaqalari orqali o‘tib, Osiyo va Yevropa mamlakatlarini savdo va madaniy aloqalar bilan bog‘lagan mana shu qadimiy transkontinental yo‘nalishda xalqaro turizmni qayta tiklash hamda rivojlantirish masalasi bayon qilingan edi.

Biz Jahon sayyohlik tashkilotining 2004-yilda Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining ipak yo‘lidagi mintaqaviy markazini tashkil etish haqidagi qarori o‘z vaqtida qabul qilingan va har tomonlama to‘g‘ri qaror, deb hisoblaymiz.

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Bugungi kunda dunyoda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyat, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, tez-tez takrorlanayotgan jahon iqtisodiy va moliyaviy inqirozlari xalqaro turizm rivoji yo‘lida turli muammolar tug‘dirib, uning oldiga yangi-yangi talablar qo‘yayotganini, tabiiyki, biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.

Fursatdan foydalanib, ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Xalqaro turizmni rivojlantirish va uning samaradorligini belgilaydigan eng muhim omillar, hech shubhasiz, butun dunyoda, turli mintaqalarda, sayyohlarni qabul qiladigan har bir davlatda tinchlik, xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat bo‘lib qolmoqda.

Xalqaro terrorizm va ekstremizm, tobora avj olib borayotgan radikalizm, mahalliy urushlar va bir joydan ikkinchi joyga borishda xatarlar paydo bo‘layotgani turizmni rivojlantirish borasidagi har qanday sa’y-harakatni yo‘qqa chiqaradigan to‘siqqa aylanganini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q va biz buni aniq misollarda ko‘ryapmiz.

Ana shu sabablar oqibatida kechagina turizm gurkirab rivojlangan mamlakatlarda bugun sayyohlar oqimi keskin kamaygani yoki butunlay to‘xtab qolgani haqida misollar keltirishning zarurati bo‘lmasa kerak – hamisha, ta’bir joiz bo‘lsa, sayyohlar oqimining chorrahasi bo‘lib kelgan ayrim Yaqin Sharq mamlakatlari misolida buni ko‘rib turibmiz.

O‘zingiz qarang, Suriya va Iroqda, dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan, bizning ajdodlarimiz, masalan, Muhammad Xorazmiy faoliyat ko‘rsatgan, “Baytul hikma”, ya’ni “Hikmatlar uyi” deb nom olgan jahondagi birinchi akademiya tashkil etilgan Bag‘dodda bugungi kunda turizm bormi?

Hozirgi vaqtda Bag‘dod qanday ahvolda, Damashq va bu mintaqadagi boshqa shaharlar qanday ahvolda? Bunday holatning sababi esa faqat bitta: avvalgi yodgorliklar, muzeylar saqlanib qolgan, ammo sayyohlar uchun kafolat yo‘q, xavfsizlik yo‘q. Tinchlik va xavfsizlik bo‘lmagan joyda esa hech qanday sayyohlik bo‘lishi mumkin emas. Bu yodgorliklarni ko‘rish uchun kim jonini xavf-xatarga qo‘yadi? Agar ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, bugungi kunda tinchlik-osoyishtalik va turli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bir-birini tushunish qanday hal qiluvchi omil ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.

Ikkinchi muammo, turizm sohasidagi faoliyatni rivojlantirish aholining hayot darajasi, daromadi va farovonligining oshib borishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Bu haqiqatni jahonda turizmga talabning asosiy o‘sish ko‘rsatkichlari rivojlanayotgan davlatlar, birinchi navbatda, Osiyo mamlakatlarining jadal sur’atlar bilan yuksalib borayotgan iqtisodiyotida shakllanayotgani ham tasdiqlaydi. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, uning ko‘rsatkichlari turizmda bamisoli ko‘zgudagidek o‘z aksini topmoqda.

Uchinchidan, bugungi kunda xalqaro turizm o‘rta sinf uchun dam olishning keng tarqalgan turiga aylanib bormoqda.

Shunday bir qonuniyatni ko‘rish, kuzatish qiyin emas – qaysi mamlakatda o‘rta sinf qatlami qancha ko‘p va keng bo‘lsa, uning sayyohlik salohiyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bu borada o‘rta sinfga mansub odamlarning juda harakatchan va tadbirkor bo‘lishi, ularning yangiliklarni izlab yashashga, o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini amalga oshirishga intilishi muhim o‘rin tutadi.

To‘rtinchidan, sayyohlik infratuzilmasining rivojlangani, sayyohlar uchun mo‘ljallangan obyektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona xizmatlari va umuman, sayyohlik logistikasi bilan bog‘liq barcha xizmatlarning qulayligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilgani – biz har qadamda duch keladigan masalalarning hammasi bu borada katta ahamiyatga ega.

Beshinchidan, mazkur sohada ko‘p narsa turizm sanoatiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu byudjet mablag‘larini va mazkur sohaga mablag‘ sarflashi uchun xususiy kapital va biznesga davlat tomonidan zarur imtiyoz, preferensiya va rag‘batlantiradigan omillar yaratilishini, infratuzilma, mehmonxona xo‘jaligi, transportni rivojlantirish, zamonaviy aloqa va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Sayyohlik komplekslarini barpo etish, tarixiy obyektlar, turli davr va madaniyatlarga oid arxitektura va san’at yodgorliklarini o‘rganish va asrab-avaylash, sayyohlik logistikasini rivojlantirish birinchi navbatda ayni shu yo‘nalishdagi ishlarga bog‘liq.

Oltinchidan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasi turizm sohasini rivojlantirishning eng muhim va hal qiluvchi omili bo‘lib qolmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy mutaxassislar tayyorlaydigan 5 ta oliy o‘quv yurti, jumladan, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Toshkent filiali va shuningdek, 11 ta kasb-hunar kolleji faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugun sizlar bizning bir nechta kollej va litseylarimiz, xususan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litsey bilan tanishdingiz. Jumladan, janob Rifai ham bu ta’lim maskanida bo‘ldi. Men xursandmanki, bizning yoshlarimiz, farzandlarimiz aziz mehmonlarimizni munosib kutib olib, o‘zlarining bilimi va qobiliyatlari, zamonaviy kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni qanday puxta o‘zlashtirayotgani bilan sizlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Men butun O‘zbekiston bolalarini o‘zimning bolalarim deb atayman. Shu ma’noda, men dunyodagi eng boy insonman. Mazkur litsey o‘quvchilari Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi oldida o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishgan. Ayni vaqtda sizlarni ishontirib aytmoqchimanki, bu yoshlar yana ko‘p narsalarga qodir.

Ettinchidan, viza masalasini va turizm bilan bog‘liq boshqa byurokratik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish, xususan, sayyohlik firmalari faoliyati uchun zarur moliyaviy kafolatlar berish hozirgi bosqichda xalqaro turizmni jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Bunday kafolatlarning yo‘qligi ko‘plab sayyohlik operatorlarining obro‘siga putur yetkazayotgani, xalqaro turizmni rivojlantirish va uning jozibadorligi yo‘lida jiddiy g‘ov bo‘layotganini biz ba’zi mamlakatlar misolida ko‘rib turibmiz.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, sayyohlar boshqa omillar qatorida o‘zlari istagan mamlakatga borish uchun tartib-qoidalarning oddiy va qulay bo‘lishiga, bu boradagi barcha zarur rasmiylashtiruv ishlarini tez va arzon narxda amalga oshirish imkoniyatiga ham e’tibor qaratmoqda.

Bu yo‘nalishda elektron texnologiyalarni joriy etish, viza olish muddatining imkon qadar qisqa bo‘lishi, avia va temir yo‘l chiptalarini xarid qilish, internet orqali «onlayn» rejimida sayyohlik yo‘nalishlari va mehmonxonalarni oldindan band qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayyohlar oqimi va umuman, har bir sayyohning kayfiyatini belgilaydigan ana shunday eng muhim shart va kafolatlar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Aminmanki, bu borada, ya’ni, turizm sohasi va sayyohlik biznesida mayda narsaning o‘zi bo‘lmaydi.

Sayyohning kayfiyati turistlarni qabul qiladigan har qanday mamlakatning, aytish mumkinki, asosiy brendi, ya’ni, tovar belgisi bo‘lishi kerak. Agar odamlar bizning diyorimizga yaxshi kayfiyat bilan kelib, shunday kayfiyat bilan ketadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda turizm sohasi mustahkam asosga qo‘yilgan, deb aytishga haqlimiz. Bordiyu kimdir yomon kayfiyat bilan ketadigan bo‘lsa, demak, biz uning oldida qarzdormiz. Demak, keyingi safar ayni shu sayyohni o‘zimizning hisobimizdan yurtimizga taklif qilishimiz kerak.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari!

Biz o‘tgan davr mobaynida bajarilgan ishlarimizni baholar ekanmiz, O‘zbekistonda turizm sohasini xalqaro zamonaviy norma va standartlar darajasiga ko‘tarish uchun hali ko‘p ish qilishimiz zarurligini yaxshi anglaymiz.

O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirishning ayrim ko‘rsatkichlari haqida qisqacha to‘xtalmoqchiman.

Mamlakatimizga 2013-yilda dunyoning 70 dan ortiq davlatidan sayyohlar tashrif buyurdi va ularning yillik soni 2 milliondan oshdi. O‘tgan ikki yil mobaynida bu ko‘rsatkich 43 foizga o‘sdi, joriy yilning birinchi yarmida esa 1 milliondan ortiq chet ellik sayyoh yurtimizga tashrif buyurdi.

2013-yilda sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 615 million dollardan ziyodni tashkil etdi. Bugungi kunda turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda, bu tarmoqning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizdan oshdi.

O‘zbekistonda 550 ta sayyohlik kompaniyasi – turoperatorlari faoliyat yuritmoqda, mamlakatimizdagi tarixiy obyektlar, arxitektura va shaharsozlik obidalarining aksariyatini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yo‘nalishlarning 65 tasi tarixiy-madaniy meros obyektlari, 30 tasi tabiiy-rekreatsion, 15 tasi sog‘lomlashtirish turizmi elementlarini o‘z ichiga olgan ekologik yo‘nalishlardir.

Hozirgi paytda yurtimizda 50 mingdan ziyod o‘ringa ega bo‘lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglar sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘tgan davrda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Navoiy shaharlari aeroportlari modernizatsiya qilindi va bugungi kunda O‘zbekistonda 11 ta xalqaro aeroport faoliyat yuritmoqda. Milliy aviakompaniyamiz zamonaviy «Eyrbas» va «Boing» avialaynerlari bilan ta’minlangan. Ushbu samolyotlar Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Amerikaning 50 dan ortiq shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Ispaniyaning «Talgo» kompaniyasida ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanadigan zamonaviy elektr poyezdlarining har kungi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. O‘ylaymanki, sizlar buni reklama deb qabul qilmaysiz, lekin o‘z tajribamizdan kelib chiqib, barcha mamlakatlarga, jumladan, bizga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga ana shu kompaniyaning poyezdlarini sotib olishni tavsiya etgan bo‘lardim. Nega deganda, ular ham arzon, ham ishonchli, eng muhimi, “Talgo” firmasi o‘zining yaxshi hamkor ekanini amalda namoyon etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» poyezdi qatnay boshlaganidan buyon yurtimizda chet ellik sayyohlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. Buxoro va Qarshi shaharlarigacha yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish va qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa turizm rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekistonda so‘nggi 5-yilda umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik investitsiyalar hisobidan uzunligi 2600 kilometr bo‘lgan zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi, shuningdek, kempinglar, yonilg‘i quyish shoxobchalari, ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlarini o‘z ichiga olgan ko‘plab yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari barpo etildi.

Faqatgina joriy yilning o‘zida xalqaro turizmning asosiy tuzilmasini rivojlantirish uchun jami investitsiyalarning 580 million dollardan ortig‘i yo‘naltirildi va bu boradagi o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 19 foizdan ziyodni tashkil etdi.

Biz O‘zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyati haqida gapirganda, birinchi navbatda, mamlakatimiz hududida shakllangan va rivojlangan eng qadimiy sivilizatsiya va madaniyatlar, qoyatoshlardagi yozuvlar va iyerogliflarni, noyob tarixiy obidalar, moddiy madaniyat va me’morlikning ulug‘vor hamda betakror namunalarini nazarda tutamiz. Ayni paytda ularni Yaponiya, Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlarning ko‘plab olim va mutaxassislari o‘rganmoqda. Shu bilan birga, o‘zining jozibasi va tarovati bilan dunyodagi eng yaxshi dam olish va sayohat maskanlaridan qolishmaydigan go‘zal tabiatimizning boyligi va xilma-xilligini ham bu boradagi eng katta imkoniyatlarimiz qatorida ko‘ramiz.

Bularning barchasi mamlakatimizni jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirishi mumkin va zarur. Hozirgi kunda O‘zbekistonda turli davrlar va sivilizatsiyalarga oid 7 mingdan ortiq yodgorliklar bor.

Mamlakatimizda yuksak sifati va estetik jozibasi, qadimgi san’at an’analarini o‘zida saqlab kelayotgani bilan ajralib turadigan milliy hunarmandlikni qayta tiklash va rivojlantirishni rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlamoqchiman. O‘zbekistonda milliy hunarmandlik sohasi soliqlardan to‘liq ozod etilganini alohida qayd etishni istardim.

Hunarmand ustalarimizning necha asrlik tajribasidan yurtimizdan tashqarida ham keng foydalanilmoqda.

O‘zbekistondagi me’moriy yodgorliklarning o‘rta asrlarga xos naqsh va bezaklari Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yangi inshootlarni qurishda namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Kulollarimizning mahoratini Fransiya, Germaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlar mutaxassislari o‘rganmoqda.

O‘zbekiston Parij, London, Berlin, Rim, Tokio, Madrid va dunyoning boshqa shaharlarida o‘tkazilayotgan yirik sayyohlik ko‘rgazmalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Joriy yilda yigirmanchi bor o‘tkaziladigan va sayyohlik biznesi sohasida muloqot qilish uchun keng imkoniyat yaratadigan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasiga dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan 12 mingdan ortiq kishi kelishi kutilmoqda.

Qadrli do‘stlar!

Biz Jahon sayyohlik tashkiloti bilan samarali hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz va ushbu aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga ishonamiz.

Bu o‘rinda gap O‘zbekistonning sayyohlik nufuzi va salohiyatini yanada mustahkamlash, internet orqali uning jozibadorligini oshirish, bunda Farg‘ona vodiysining hali o‘rganilmagan so‘lim va go‘zal go‘shalari, Toshkent va Jizzax viloyatlarining tog‘ yonbag‘ridagi ekologik toza maskanlaridan foydalangan holda, «Buyuk ipak yo‘li» brendini keng joriy etish haqida bormoqda.

Biz sizlarni nafaqat Samarqand va Toshkent shaharlarida, balki boshqa shaharlarimizda ham ko‘rish, o‘zbekona samimiy mehmondo‘stlikdan bahramand bo‘lishingizdan hamisha mamnunmiz.

Bugun mana shu muhtasham zalda to‘planganlarga yana bir bor yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etaman, sessiya ishi samarali bo‘lishini, barchangizga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda yangi-yangi yutuq va omadlar tilayman.

O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan e’tibor va hurmatingiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi