O‘zA O`zbek

16.08.2019 Chop etish versiyasi

Afisha: avgust oyidagi fotoko‘rgazmalar va ko‘rgazmalar


Yurtimizda tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar o‘z navbatida mamlakatimiz turistik salohiyatini oshirish, aholi madaniy saviyasini boyitish uchun xizmat qilmoqda. E’tiboringizga joriy yilning avgust-sentabr oylarida poytaxtimizda tashkil etilayotgan madaniy ko‘rgazmalar haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz.

5-19 avgust kunlari Toshkent fotosuratlar uyida Bobur Alixo‘jaev va Gayane Avanesyan ijodiy ishlanmalaridan iborat “Xeshteg” nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

20 - avgust. Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Mustaqilligimizning 28- yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Amaliy san’at sho‘basi faoliyatiga bir nazar» mavzusida ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi. Ko‘rgazma 3- sentabr kuni yakunlanadi.

21- avgust. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Vatan mening nigohimda” nomli rasmlar ko‘rgazmasi ish boshlaydi. Ko‘rgazma 4 - sentabrg kuni yakunlanadi. 

27- avgust. Toshkent fotosuratlar uyida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab, «O‘zbekiston xalkaro e’tirof ostonasida» nomli fotorasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ko‘rgazma 2 sentabrgacha davom etadi. 

Shuningdek, avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan Toshkent fotosuratlar uyida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”, “Qudratimiz – birlik va xamjihatlikda», “O‘zbekiston umumiy uyimiz”, “Eng ulug‘, eng aziz” nomli fotoko‘rgazmalar tashkil etilish rejalashtirilgan. 

10 674
O‘zA