Mamlakatimizning ziyorat turizmi boʻyicha dunyoda eng yirik markazlardan biri sifatida tan olinishini taʼminlash, Buxoro viloyatining sayyohlik imkoniyatlarini namoyon etish va sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda ushbu forum katta ahamiyat kasb etadi.
15 noyabr holatiga koʻra Oʻzbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 19820 nafarga yetdi. Bu haqida Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning Telegram kanalida maʼlum qilindi
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan AQSHning Jon Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, professor Frederik Starr boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi Samarqandga tashrif buyurdi.
Nurota tog‘lari etagida joylashgan Uxum qishlog‘i betakror tabiati bilan har qanday odamni o‘ziga maftun etadi. Ayniqsa, bu tomonlarga birinchi bor kelgan kishi atrofdagi biologik xilma-xillikdan ko‘zini uzolmay qoladi.
Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi o‘z saytida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida material joylashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Indoneziyaning mashhur telekanallaridan biri NetTV telekanali bilan hamkorlik qilmoqda.
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Fransiya kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan. Bunda sayyohlar ma’lum muddat qishloqda yashagan holda mahalliy urf-odatlar, yashash tarzi bilan tanishib, an’anaviy qishloq mehnatlarida ishtirok etadi.
Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi Ezgulik patrullari Urganch va Xiva shaharlarida jamoat tartibini saqlash, xorijiy sayyohlarga zarur xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanida etnomadaniy meroslarning saqlanishi, milliy hunarmandchilik va xalqimizning madaniy merosini targ‘ib qilish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Etno Karavan Saray” festivali o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi huzuridagi yoshlar turizmi agentligi tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida Qozog‘istondan kelgan 18 yosh turist yurtimizning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi.
Mamlakatimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida qisqa vaqt ichida sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi.
Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan “Thai International Travel Fair” xalqaro turizm ko‘rgazmasida mamlakatimiz sayyohlik salohiyati namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 23- noyabrdagi qarori bilan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlangan edi.