Poytaxtimizda iste’mol qilingan gazni hisoblaydigan yangi elektron priborlar sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish iqtisodiy barqarorlikning muhim omilidir. Shu bois ulardan foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda resurs tejaydigan zamonaviy gaz priborlari va hisoblagichlarni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevralda qabul qilingan «Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish priborlarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda poytaxtimiz gaz ta’minoti tizimiga zamonaviy energiya va resurs tejovchi texnologiyalar izchil joriy etilmoqda, shuningdek, eskirgan asboblar zamonaviylariga almashtirilmoqda.

Ayni paytda xususiy abonentlarning 80 foizi va yuridik shaxslarning 100 foiziga zamonaviy gaz hisoblagich asboblari o‘rnatilgan. Yangi texnologiyalar foydalanilgan gaz miqdorini aniq belgilash, ishlatilgan «zangori olov» uchun to‘lovlarni fleshkart yordamida oldindan amalga oshirish imkonini beradi.

Mutaxassislarning fikricha, zamonaviy gaz o‘lchagichlarning joriy etilishi ko‘plab muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi. Ular ishonchliligi va uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangani bilan ajralib turadi. Priborlarda harorat va bosimni avtomatik tarzda moslashtirish tizimi o‘rnatilgani tufayli «zangori olov»dan foydalanishni aniq hisoblash imkoniyati mavjud. Yangi gaz o‘lchagich priborlari nafaqat ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida maxsus serverga jo‘natadi, balki masofadan turib ham boshqariladi. Bu qarzdorlarni gaz ta’minoti tizimidan avtomatik ravishda uzib qo‘yish imkonini beradi. Bundan tashqari, yangi hisoblagichlar ko‘p darajali himoyalanish tizimiga ham ega. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy tejamkor texnologiyalar