O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Yer yuzidagi daraxtlar soni hisoblab chiqildi

Yer yuzidagi daraxtlar soni hisoblab chiqildi

AQShning Yel universiteti olimlari 2015-yil holatiga Yer yuzidagi daraxtlar sonini hisoblab chiqdi va uni videolavhada tasvirladi.

2015-yilda Yerda 3,04 trillion daraxt o‘sayotganligi aniqlangan. Shu tariqa, bir kishiga 408 ta daraxt to‘g‘ri keladi. Bu 2009-yilda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar asosidagi ma’lumotlardagidan 7,1 marta ko‘p demakdir. O‘shanda tadqiqotchilar 400 milliard daraxtni hisoblagan.

Daraxtlar eng ko‘p Rossiya (642 milliard), Kanada (318 milliard), Braziliya (318 milliard), AQSh (228 milliard) va Xitoy (140 milliard)da o‘sadi.

Insoniyat har yili 15 milliard daraxtni kesadi, biroq shu vaqt ichida 5 milliard daraxt o‘sib chiqadi. Sof zarar 10 milliard daraxt deb hisoblansa, daraxtlarning dunyodagi zaxirasi 2300-yilga kelib tugaydi.

7 198
O‘zA